|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 30/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiErgonomikadagi fiziologiya – inson organizmi tomonidan energiyaning ishlab chiqarish jarayonining qonununiyatlarini belgilaydi. Organizmda ishlab chiqariladigan energiya kislorod iste’moli bilan baholanadi.
Psixologiya ergonomikaga inson-operator modeli axborotiga asoslangan inson faoliyati nazariyasini, ishni loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rganish nazariyasini va tashkil etish nazariyasini kiritadi.
Ergonomikaning vazifasi:
“inson-mashina” tizimini loyihalash, ya’ni inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash;
Ish maydonini shunday loyihalash kerakki, o‘rab turgan fizikaviy muhit inson xarakteriga mos kelishi kerak;
Atrof-muhitni operator talablariga ko‘ra loyihalash;
Ish vaziyatlarini loyihalash (ish vaqtining davomiyligi, dam olish vaqtlari va boshqalar).
Muhandislik psixologiyasi yukorida ta’kidlanganidek, ergonomikaning tarkibiy qismi bo‘lib, “inson-muhit” tizimini tashkil qilish masalalarini quyidagi yo‘llar orqali hal qiladi:
inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash;
“inson-muhit” tizimida inson bajaradigan vazifalarni tahlil qilish;
axborot tizimini loyihalash va sezuvchi kanallarni tanlash;
boshqarish vositalarini loyihalash;
ish joylarini loyihalash;
mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish qulayligini ta’minlash;
kadrlarni tanlash va va ularni kasbiy tayyorlash.
Ergonomik talablar loyihalashning barcha bosqichlarida qayd qilinishi kerak va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
ish faoliyatining maqsadlari va vazifalarni belgilovchi, uning psixofiziologik tavsifini aniqlovchi kasbiy dasturni ishlab chiqish,
qo‘yilgan vazifalarni aniqlash va tahlil qilish, texnika tuzilishi va harakatlanish tamoyillari, uning mehnat faoliyati mafsadiga qo‘yiladigan tavsifnomasi,
inson va mashina tomonidan bajariladigan vazifasining sifatini baholash va tizimning umumiy samaradorligi asosida inson va texnika orasidagi vazifalarni taqsimlash,
inson bajaradigan jarayonlarning ketma-ketligini o‘rnatish va taqdim etayotgan axborotning shakli va hajmini aniqlash,
inson faoliyatiga vaqt va aniq talablarning ishonchli aniq baholash. Ko‘rib chiqilgan ishlar asosida quyidagilar aniqlanadi: mutaxassislar tarkii,
ularning vazifalari va ishlarini tashkil etish; axborotni aks ettirish vositalari tarkibi, boshqarish organlarining ish joyi va boshqarish pul’ti; axborotni aks ettiruvchi vositalarning va boshqarish organlari hamda ish joyining korxonada joylanish komponovkasi.
Ergonomik biomexanika insoniyat va uni o‘rab turgan atrof-muhit predmetlarini, aynan uni qulaylashtirish maqsadidagi o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Ergonomik biomexanika zamonaviy ishlab chiqarish sharoitidagi insoniyat omillarini o‘rganuvchi ilmiy soha hisoblanadi.
Ergonomik biomexanika — inson omilini zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga qanday bog*liqligini o‘rganadi, inson-texnika-muhit tizimida qulay ish sharoitlari uchun tizimdagi mavjud muammolami, yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqishda, tegishli ish sharoitlarini yaratishda inson omilini o‘rganadi, ma’lum sharoitlarda texnika va mashinalami boshqarayotgan odam (odamlar guruhi)ni kompleks o‘rganadi.
Inson omili keng ma’noda jamiyat ishlab chiqarishi samaradorligiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatuachi kompleks ko‘rsatkichlar bo‘lib, motivatsiya, qadriyatlar tizimi, inson turmushining moddiy va ma’naviy sharoitlari bilan bog'liq bo‘ladi.
Insoniyat qadimdan' atrof-muhit bilan, mehnat quroli bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, o‘z faoliyatining samaradorligi o‘zaro munosabatlar sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini ko‘rdilar.
Inson-texnika-muhit tizimi insonni axborot, materiallar, qurilmalar va energiya bilan integrallaydi. Inson omilini hisobga olish faqat inson- operator faoliyati samaradorligini oshirib qolmay, butun tizimning shaklini o‘zgartirib qurilmalar, muhit bilan o‘zaro ta’sirini yangilashga qaratiladi. Ergonomik biomexanika fanni insonning texnikani boshqarishdagi faoliyatini va xulqini o‘rganadi.
|
| |