• Muhandislik psixologiyasi
  • Ergonomikaning ilmiy asosi
  • Biomexanika
  • gigienik – yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin, radiatsiya, vibratsiya va boshqalar. antropometrik




    Download 2,33 Mb.
    bet29/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    gigienik – yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin, radiatsiya, vibratsiya va boshqalar.

  • antropometrik – inson antropometrik xususiyatlarning mahsuliga muvofiq. Bu ko‘rsatkichlar guruhi ratsional va qulay inson gavdasining holatini, gavdani to‘g‘ri tutishini, insonni tez charchashning oldini olishini ta’minlashi kerak.

  • fiziologik – insonning sezish organlarining ishlash xususiyati mahsuliga muvofiqligi bilan aniqlanadi. Ular insonning ishlash tezligi va hajmiga hamda sezgi organlari orqali keladigan ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish va hid bilish axborot hajmiga ta’sir qiladi.

  • psixologik – insonning psixologik xususiyatlari mahsuliga muvofiq qiladi. Axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash imkonini beradigan, insonda bo‘lgan va qayta shakllanadigan malaka mahsuliga muvofiq tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.

    Ergonomikaning tarkibiy qismi


    Muhandislik psixologiyasi – bu “inson-muhit” tizimini ishlatish va yaratilishi, loyihalash uchun inson va texnika informatsion ta’siri qonuniyligini o‘rganuvchi ilmiy fan. Muhandislik psixologiyasi inson tomonidan axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonlarini o‘rganadi.
    Psixologik, psixofiziologik jarayonlar va inson xususiyatlari asosida, bu texnik vositalar va “inson-muhit” tizimining tuzilishiga bo‘lgan talablarni, shuningdek inson-operator xususiyatiga bo‘lgan talablarni aniqlaydi.
    Operator va “inson-muhit” tizimi faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari sifatida muhandislik psixologiyasi samaradorligini, ishonchlilik va tez harakatlanuvchanlikni qo‘llaydi.
    Ergonomikaning ilmiy asosini – anatomiya, fiziologiya va psixologiya tashkil qiladi. Anatomiya antropometriya va biomexanikaning nazariy asosini tashkil qiladi.
    Antropometriya – inson o‘lchamlari, ish joyi o‘lchamlarini aniqlashda va boshqarish organlarini to‘g‘ri joylanishi uchun ma’lumotlarni olishga imkon beradi. O‘lchamlarning o‘zgarish chegaralarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etib, bunda zaruriy tanlash hajmi inobatga olinadi va u pertsentillarda ifodalanadi.
    Biomexanika – inson tanasining kuchini o‘rganadi. U qanday kuchni qanday samarali sarflashni tavsiya beradi: kuchlanish mushaklar yordamida emas, balki tana vazni bilan berilishi kerak.

    Download 2,33 Mb.
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    gigienik – yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin, radiatsiya, vibratsiya va boshqalar. antropometrik

    Download 2,33 Mb.