• Ta’lim vositalari
  • Bilim olish
  • Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi. Ta’lim




    Download 0,96 Mb.
    bet18/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi.
    Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tomonlama xarakterga egadir.
    Ta’lim printsiplari – ta’lim metodikasi va tashkil etilishi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar.
    Ta’lim metodlari - o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘langan faoliyati yo‘llari va usullari.
    Ta’lim vositalari – o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.20
    Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
    Bilim olish – borliqni idrok etish, o‘rganish, mashk kilish va muayyan tajriba asosida hulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni21.
    1. Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida


    Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
    Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan.

    20 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. B. 26.


    21 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. B. 27.
    Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.
    Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.22

    1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi. Ta’lim

    Download 0,96 Mb.