|
O‘rganish bilish faolligi shakli sifatida
|
bet | 26/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
27 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.28
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
|
| |