• Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi)
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet23/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;

  • Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;

  • Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;

  • Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;

  • Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

  • Ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui25.



    1. Ta’lim jarayoni mohiyati


    Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar yuzaga chiqadi.

    25 Подласый И. П. Педагогика. В 2-х кн. – М.: ВЛАДОС, 2003. C. 291- 293.


    Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
    Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.26
    Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.
    Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.

    Download 0,96 Mb.
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   301




    Download 0,96 Mb.