|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 25/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Tarbiyalash funksiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq- atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o‘quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish- istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
natija
Ta’lim jarayoni tuzilishining andozasi (modeli)
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. 27
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
|
| |