O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavisifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi




Download 0,96 Mb.
bet27/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavisifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi


Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak- atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘rgatuvchi kishilarning faoliyati o‘rgatuvchi faoliyat yoki o‘qitish deb o‘qiydiganlarning faoliyati esa o‘quv faoliyati yoki o‘qish deb ataladi.

O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • Tushuntirish;

  • Harakatni ko‘rsatish;

  • Dalillardan xabardor qilish;

  • o‘quvchining materialni anglab

28 Подласый И. П. Педагогика. В 2-х кн. – М.: ВЛАДОС, 2003. C. 297-300.



yetishini rag‘batlantirishga yo‘naltiruvchi usullar;
- turli didaktik materiallardan foydalanish

dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;
- o‘quv materialini tushunish

O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tekshirib borish va hokazolarda o‘z ifodasini topadi.


O‘quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jaryoni bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch- g‘ayratini talab etadi. Hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qih) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv-tarbiyaviy materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. boshqarish (rag‘batlantirish);

  4. nazorat;

  5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.

Download 0,96 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   301




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavisifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi

Download 0,96 Mb.