|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 35/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining obyektivligini anglatadi.
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi.
Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Ta’limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo‘ladi.
Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Uning asosini fanni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: ta’lim motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili ta’lim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Y.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. “Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan Ta’limga
33 Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “Istiqlol” nashriyoti, 2005. B. 230.
intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin”34.
Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko‘rib qabul qilish esa
– 25 foizni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi.
Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda.
|
| |