|
Ta’limda insonparvarlik tamoyilini
|
bet | 34/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, unga hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.
“Insonparvarlik” va “odamiylik” so‘zlari yunoncha humanus “odamiylik” bir so‘zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma’naviy-axloqiy tushunchalardir. Insonparvarlik g‘oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko‘zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g‘oyalari Sharq Uyg‘onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o‘qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo‘ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik zarur. 32
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish ularning taqdiri haqida qayg‘urish, uning qobiliyatini ko‘ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo‘l qo‘yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo‘lish xuquqini qadrlashni nazarda tutadi.
Ta’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday
32 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:
Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
Ta’limda onglilik va ijodiy faollik;
Ta’limda ko‘rgazmalilik;
Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
Ta’limning tushunarliligi;
Guruhli va individual ta’lim birligi;
Ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
Pedagogik hamkorlik.33
|
| |