|
Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili
|
bet | 36/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An’anaviy didaktikada u mustahkamlik tamoyili kabi ifoda etiladi. Agarda o‘qitish jarayoni ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil etish zaruriyati yuzaga kelmaydi. SHu bois ta’lim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Ta’limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta’minlash uchun o‘quvchilar o‘qish jarayonida o‘quv-o‘rganish harakatlarining quyidagi to‘la tsiklini o‘zlashtira olishlari zarur: o‘rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul qilish, uni chuqurroq anglab yetish, eslab qolish, o‘zlashtirilgan bilimlarini qo‘llash bo‘yicha ma’lum faoliyatni amalga oshirish, ularni takrorlash va tizimlashtirish.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. CHuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Ta’limning tushunarliligi tamoyili o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo‘lishi o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilar egallab olishi zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir. Bu tamoyil o‘quv jarayonini o‘quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg‘usini yuzaga keltirishga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko‘zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o‘quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo‘qotishga yordam beradi.
Guruhli va individual ta’limning birligi tamoyili shaxsning, bir tomondan atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lish, ijtimoiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga intilishi, ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta’lim olishga bo‘lgan xohishini aks ettirishga xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida boshqalar haqidagi tasavvur va tushuncha yuzaga keladi. Atrofdagilar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yish o‘zaro aloqalarning hosil bo‘lishi va
34 Kоmеnskiy Y.A. Buyuk didaktika. Izb. pеd. sоch. V 2 tоm. M. 1982. T.1. – S. 384.
rivojlanishini, alohida bo‘lish esa shaxsning ijtimoiylashuvi hamda rivojlanishini ta’minlaydi.
An’anaviy ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra guruhli hisoblanadi, zero, u 30-40 nafar o‘quvchilardan iborat o‘quv guruh (yoki sinf)larida tashkil etiladi. 100-200 nafar talabalardan iborat kurslarda esa ta’limga sarflanadigan harakatlarni kamaytirish maqsadida ma’ruzalar o‘qish tashkil etiladi. Guruhli ta’lim munozara, muzokara tashkil etish uchun qulay sharoitga ega bo‘lib, o‘quv masalalarini yechishning eng samarali yo‘llarini birgalikda izlashni ta’minlaydi, o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi, o‘quvchilarning mas’uliyat hissini oshiradi. O‘quv muvssasalarida guruhli ta’limni tashkil etish jamoani shakllantirishning asosiy shakli sanaladi.
|
| |