• Ta’lim mazmunini tashkil etish konsepsiyasi.
  • Mavzu: Ta’lim mazmuni. Reja




    Download 0,96 Mb.
    bet38/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Mavzu: Ta’lim mazmuni. Reja:


    Ta’lim mazmunini tashkil etish konsepsiyasi. O‘quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tavsifi.Davlat ta’lim standartlari.


    Tayanch tushunchalar:


    Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
    Davlat ta’lim standartlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni asosida yaratilgan.
    Standart-ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak.
    O‘quv rejasi - davlat xujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so‘zsiz amal qiladi. Bu xujjatda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi.
    O‘quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun o‘quv dasturi tuziladi. Dastur o‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat xujjatidir.
    Darslik - o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.36


    1. Ta’lim mazmunini tashkil etish konsepsiyasi.


    36 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008.


    Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   301




    Download 0,96 Mb.