• O‘quv adabiyotlarining shakllari
  • O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish




    Download 0,96 Mb.
    bet46/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish


    Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv adabiyotlari ta’lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari (yoki davlat talablari) va fanlar bo‘yicha uzviy bog‘langan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o‘quv adabiyotlari mazkur ta’lim turida o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan bog‘liqligini va boshqa ta’lim turlarida ushbu fanning o‘quv dasturlaridagi uzviylikni ta’minlash lozim. O‘quv adabiyotlari belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o‘tkaziladi.
    Har bir ta’lim turi uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga psixologik- pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigiyenik va boshqa talablar alohida belgilab qo‘yiladi.
    Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlardan iborat bo‘lgan umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.
    Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmunni tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirib o‘qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asosan kam adadli elektron o‘quv adabiyotlari tayyorlanadi.
    O‘quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.

    O‘quv adabiyotlarining shakllari


    O‘quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yo‘nalishi yoki mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish

    Download 0,96 Mb.