|
an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar
|
bet | 47/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik hususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;
elektron o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
O‘quv adabiyotlarining turlari
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, lektsiyalar kursi, leksiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar, metodik qo‘llanmalar, ma’lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.
Darslik – davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
U yoki bu ta’lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim oluvchilarning yoshi va boshqa hususiyatlarini hisobga olgan o‘z darsliklari bo‘ladi. Darslikda nazariy ma’lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va sinov mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rstamalar beriladi.
O‘quv qo‘llanma – dasrlikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar echimiga mo‘ljallangan nashr.
O‘quv qo‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi. Masalan, «Mexanika»- fizika fanining mexanika qismiga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanma. «Fizikadan masalalar to‘plami»- fizika fani bo‘yicha masala va mashqlar yechishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma va hokazo.
Lug‘at – aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi, idiomalar va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
|
| |