|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 48/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Izohli lug‘at – so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Ma’lumotlar to‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr.
Ma’lumotlar to‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni yechish namunalari keltirilishi lozim.
Leksiyalar kursi – fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan nashr, lektsiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan ataladi.
Leksiyalar to‘plami – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turiladigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.
|
| |