• Elektron darslik
  • Ma’lumotlar banki
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet49/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Metodik qo‘llanma – o‘qituvchilar (professor-o‘qituvchilar) va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydlanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar, va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
    Sharh – jamiyat taraqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy- huquqiy xujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanilaigan nashr.
    Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy, adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr.
    Elektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
    –o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

    • o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;

    –multimedia (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
    – taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
    Ma’lumotlar banki – axborot texnologiyalarining imkoniyati va vositalari asosida yaratilgan, statik va dinamik rejimi tuzilgan, tovush va rangli tasvirlar bilan ta’minlangan, katta hajmdagi axborotlarni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm, va hokazo) bera oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami.41

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301




    Download 0,96 Mb.