|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 57/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Didaktik o‘yinlar
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizm lari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish,
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
«Ilmiy - tadqiqot ishlarida ma’ruza» o‘yini.
Bu o‘yindagi asosiy rollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
«boshlovchilar» - o‘qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi;
«peshqadamlar» - muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi bo‘yicha vaziyatni tasavvur qila oladigan ma’ruzachilar;
«bezakchilar» - peshqadamlarning ma’ruzalari va chiqishlarini ko‘rgazmali tasavvur etishlari va tushuntirishlarini ta’minlovchi o‘yin ishtirokchilari.
«assistentlar» peshqadamlar yordamchilari bo‘lib, ular peshqadamlarga va opponentlarga ko‘rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o‘yin ishtirokchilari;
«rasmiy opponentlar» - peshqadamlarning ma’ruzasi va boshqa materiallar bo‘yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar;
«norasmiy opponentlar» - muammo bo‘yicha guruh bo‘lib yoki mustaqil ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar – O‘yin ishtirokchilari;
«chalg‘ituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada qo‘shimcha salbiy hodisa, faktlarni bayon qilish asosida o‘yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo‘ladigan savollar qo‘yishi lozim bo‘lgan o‘yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin.
|
| |