|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 59/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22amaliy mashg‘ulot akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi rahbarligi ostida olgan o‘quv axborotlari (lektsiya va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo‘llash va o‘zlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli;
akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish asosiy shakli sifatida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi;
o‘quv guruhi o‘quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy tartibi odatda butun ta’lim davomida saqlanib qoladi);
o‘quv guruhlari to‘plami akademik litsey, kasb-hunar kollejida kurslardan iborat bo‘ladi;
kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari jadvalga binoan yagona o‘quv rejasi va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
o‘quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta’tillarga bo‘linadi;
har bir semestr hamma o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya (imtihon topshirish) bilan yakunlanadi;
45 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish muhim fanlar bo‘yicha attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunlanadi.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarda ta’lim ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi, o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik ishlari (O‘ITI), o‘quvchilarning mustaqil o‘quv ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash shakli sifatida kundalik, oraliq va yakuniy nazorat, baholash reytingi tizimidan, referativ va kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi.
O‘quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari
O‘quv mashg‘ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo‘shimcha qator Ta’lim shakllari mavjud bo‘lib, bular amaliy - tajriba mashg‘ulotlari, qo‘shimcha darslar, fakul’tativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to‘ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog‘lash uchun uyushtirilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlardir.
Bulardan tashqari o‘quv yurtlari tajribasida fan to‘garaklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlardan ham foydalanmoqda.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o‘tkazishadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Seminar mashg‘ulotlari nazariy muammolarni faol o‘rganish shakli hisoblanadi. O‘rta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o‘tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko‘rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun etarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha O‘quvchilar tayyorgarlik kurishadi. Seminarning oxirida O‘qituvchi yakunlovchi suhbat o‘tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
|
| |