• Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshqalar
  • “O‘quv dialogi”
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet56/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida printsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:

    • yangi materialni o‘rganish;

    • uyga vazifa;

    • bilimlarni nazorat qilish;

    • bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;

    • o‘rganilgan materiallarni mustahkamlash44.
    1. Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshqalar


    Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o‘yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O‘quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo‘llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.

    “O‘quv dialogi”


    Har-xil darajadagi savollarni berishni shakllantiradigan usul. O‘tkazilish bosqichlari:

    • Matn abzaslarga yoki tugalangan qismlarga bo‘linadi.

    • O‘quvchilar juftlikka bo‘linib, matnni o‘qishadi.

    • Birinchi o‘quvchi birinchi qism eksperti hisoblanib, ushbu qism bo‘yicha ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchiga savollar beradi, bunda ekspert o‘quvchi berilgan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.

    • Matnning birinchi qismi bo‘yicha ish yakunlanganbdan so‘ng, o‘quvchilar joy almashishadi.

    • Matnning barcha qismlari ko‘rib chiqilmaguncha, ish jarayoni to‘htatilmaydi.

    • Xulosa chiqariladi.

    • Matn bo‘yicha berilgan savol - javoblarning sifati baholanadi.

    • O‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan matn bo‘yicha ish yoziladi.

    • O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qiladi.

    Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-ogzaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.


    44 Pedagogiy and professional Responsibilities. Sharon Wynne, M.S. X.A.Monline, INC. Boston. 2013. P. 119.



    Download 0,96 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   301




    Download 0,96 Mb.