• Ta’limning vazifasi
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet53/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Dars (maktabdagi) o‘quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
    Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: lektsiya, praktikumlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
    Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular o‘quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to‘garaqlar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko‘rgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar. 43
    1. Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli


    Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars o‘quvchilarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va o‘quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
    Darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Qituvchi darsda istisnosiz barcha o‘quvchilarning faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat kiladi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro kontrolni qo‘llab quvvatlaydi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
    Ta’lim ning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo‘sha oladigan «barkamol avlod»ni tarbiyalash.
    Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301




    Download 0,96 Mb.