|
Aralash yoki kombinatsion
|
bet | 55/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Aralash yoki kombinatsion dars o‘zida o‘quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi
o‘tilgan material ustida ishlash;
yangi mavzularni anglash va o‘zlashtirish;
amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Shu bilan bog‘liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi.
o‘quvchilarni darsga tayyorlash;
takrorlash-umumlashtirish ishlari;
yangi materialni anglash va o‘zlashtirish ishlari;
bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ishlari bo‘yicha ishlar;
uyga vazifa.
Yangi materialni bayon qilish darslari. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va o‘rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni o‘rganishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
Bunday dars strukturasi: o‘quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qo‘yish; qisqa tekshrish, uyga vazifa.
O‘rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bo‘limlarni o‘rganilgandan keyin o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilib o‘tkaziladi.
Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o‘quv dasturining katta bo‘limlarini takrorlash bilan bog‘liq va darhol mavzularni o‘rganilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o‘tkazishadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
|
| |