|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 51/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Nazorat uchun savollar:
Ta’lim mazmunining mohiyati nimadan iborat?
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olish tamoyillarini ta’riflab bering.
Hozirgi bosqichda ta’lim mazmunini belgilash asosiy g‘oyalarini (asoslarini) aytib bering.
Mutaxassislik fani bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limi davlat ta’lim standartini tahlil qilib bering.
O‘quv rejalarining turlarini ayting, akademik litsey o‘quv rejasini ta’riflab bering.
O‘quv dasturlarining qanday turlari mavjud?
Mavzu: Ta’limni tashkil qilish shakllari va turlari. Reja:
Ta’lim turlari.Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha.Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli. Dars turlari va tuzilishi.Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshq.O‘quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari.
Tayanch tushunchalar:
Dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta’lim maksadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofik belgilangan ilmiy bilimlar to‘grisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Didaktik tashhis maqsadi – o‘quv jarayonining samaradorligini aniklash, baholash va tahlil kilish.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har kanday nazariyaning asosiy, boshlangich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga ko‘yilgan me’yoriy
talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maksadi va qonuniyatlariga muvofik uning dastlabki holatini belgilovchi karashlari.
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”,
«didasko» – “o‘rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maksadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
|
| |