|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 54/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Darsning maqsadi - o‘qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini O‘quvchilarga bildirishi va o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirib ko‘rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o‘quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lgan o‘quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulotlardir. Dars - o‘z oldiga qo‘yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
43 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
Dars – darslarning butun tizimidagi zveno bo‘lib, ulardan har biri o‘zining ma’lum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa o‘qitish zvenolaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha zvenolarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha zvenoni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga ko‘ra turlicha strukturaga ega bo‘lgan tiplarga bo‘linadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, ular o‘z vazifasi va o‘qituvchi bilan o‘quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi.
Yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko‘ra darslar quyidagi tiplarga bo‘linadi:
kombinatsion darslar (o‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi);
yangi materialni o‘rganish darslari;
bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash darslari
mashqlar va amaliy ishlar darslari;
umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
laboratoriya darslari;
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo‘lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qo‘llaniladi: seminar-darslar, konferentsiya-darslar, rolli o‘yinlar, integrallashgan darslar.
|
| |