• Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy
  • O‘yin
  • Trener
  • “Konferensiya”,“Zamonaning global muammolari”, “Panorama”
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet58/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    «registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi O‘yin ishtirokchilari;

  • «ekspertlar» - ma’ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh bo‘lib qabul qilinishi bo‘yicha obyektiv baho beruvchi O‘yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari mumkin.

    Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:

    • bo‘lg‘usi mutaxassisni axborotlar almashishga o‘rgatish;

    • ularda o‘z nuqtai nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g‘oyalariga kirib bora olish, guruh bo‘lib yechim qabul qila olish malakasini shakllantirish.

    O‘yin- munozaralar bo‘lg‘usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini qo‘ya bilish va yechishga, mustaqil fikrlashga, obyektivlikka
    nisbatan qiziqishni shakllantiradi, muammolarni qo‘yish, uni muhokama qilish, ularni yechishda O‘zini tuta bilish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yin- munozaralar muayyan muammo bo‘yicha bahslarni tashkil etilishini ko‘zda tutadi.

    Trening va boshqalar.


    Trener – ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
    Trening – ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. 45
    Talabalar bilan o‘quv jarayonini noan’anaviy tashkil qilishda “Konferensiya”,“Zamonaning global muammolari”, “Panorama” kabi treninglardan foydalanish yaxshi samara beradi.
    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayyan soha yo‘nalishi bo‘yicha chuqur, differentsatsiyalashgan kasbiy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi.
    Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimidan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko‘rinishida 90 minut davom etadi. Ularning o‘ziga xosliklari quyidagilardan iborat:

    • ma’ruza o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301




    Download 0,96 Mb.