• Mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
  • Tayanch tushunchalar
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet61/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Nazorat uchun savollar:


    1. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.

    2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.

    3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?

    4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?

    5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi?



    1. Mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish


    Reja:
    Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.Sharq mutafakkirlari ta’lim metodlari haqida.Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.

    46 Pedagogiy and professional Responsibilities. Sharon Wynne, M.S. X.A.Monline, INC. Boston. 2013. P. 59.


    Tayanch tushunchalar:


    Metod – so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir.
    Og‘zaki bayon metodlari – Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
    Hikoya – Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.
    Ma’ruza – Ma’ruza o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
    Suhbat – Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri dialog shaklidagi ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. 47
    Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi.
    Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   301




    Download 0,96 Mb.