|
O‘quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tavsifi
|
bet | 42/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 O‘quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tavsifi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi:
1.Umumiy nazariy bosqich; 2.O‘quv bosqichi;
3.O‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy xujjatlarda o‘z ifodasini topishi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi. O‘quv rejalari
quyidagilardan iborat:
Tayanch, 2.Namunaviy 3.Maktab o‘quv rejasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy xujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o‘quv rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
O‘quv rejasi – me’yoriy xujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
O‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
Ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
O‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
Har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
Har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
Praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.39
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash,
38Xodjaev B. X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.- Т.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 416 bet.
39 Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy xujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo‘lishi mumkin.
|
| |