• Ta’lim mazmunini differensiyallashuvi
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet40/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. Shuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini

    37 Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.


    talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.
    Ta’lim mazmunini differensiyallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi yetakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differensiyallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sifnlar, maktablar ochilgan.
    Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.
    Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimidir. O‘quvchi ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, ahloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta’lim mazmuniga insoniyat to‘plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, xajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. YA’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab- chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301




    Download 0,96 Mb.