• Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili
  • Hamkorlik tamoyili
  • Ta’limning o‘quvchilarning




    Download 0,96 Mb.
    bet37/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ta’limning o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi tamoyili o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra va individual yondashuvni anglatadi.
    Yoshiga muvofiq yondashish o‘quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy tuzilishi o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondoshish o‘quvchilarning murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘ladigan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
    Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to‘liq va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa samarasi ancha yuqori bo‘ladi. O‘quvchilarga nisbatan talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo‘lish, burchlarni o‘z vaqtida bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashi lozim. Shaxsga hurmat insondagi ijobiy xislatlariga tayanishni ko‘zda tutadi.
    Hamkorlik tamoyili ta’lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini ta’minlash, uning o‘z-o‘zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o‘zaro munosabatlar jarayonida subyektlar o‘rtasidagi aloqalarning dialog shakli, shaxslararo munosabatlar mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» – birgalikda tashvishlanish, ya’ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunish) ning ustunligiga erishishni talab etadi.35

    Nazorat uchun savollar:


    1.Didaktikaning predmeti va obyekti nimalardan iborat? 2.Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    3.Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? 4.Didaktik kontseptsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz? 5.“Ta’lim” tushunchasiga ta’rif bering.

    1. Ta’lim (didaktik jarayon) jarayonining alohida xususiyati nimalardan iborat? V.P.Bespalko formulasi misolida ifodalang.

    35 Сластенин.В.А., Исаев.И.Ф, Шиянов.Е.Т. Общая педагогика. В 2-х кнг. – M.: Владос. 2003.



    1. Ta’lim jarayoni tuzilmasi va vazifalarining mohiyatini yoritib bering. 8.O‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallanishini ta’minlovchi jarayonining

    asosiy bosqichlari nimalardan iborat?

    1. Ta’limning asosiy didaktik qonuniyatlarini ifoda etib bering (I.P.Podlasiy bo‘yicha).

    2. Ta’lim tamoyili nimani anglatadi? Misollar keltiring.

    3. Sharq uyg‘onish davri allomalari – Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino) ilgari surgan ta’limiy qoida va tamoyillarini ta’riflab bering.




    1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   301




    Download 0,96 Mb.