• Fuqarolik tamoyili.
  • Ta’limning ilmiyligi tamoyili
  • Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili
  • Ta’limning mazmunli tamoyillari




    Download 0,96 Mb.
    bet32/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi:

    • fuqarolik;

    • ilmiyligi;

    • tarbiyalovchi ta’lim;

    • fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);

    30 Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. B. 225. 31 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.



    • tabiat bilan uyg‘unligi;

    • madaniyat bilan uyg‘unligi;

    • insonparvarligi.

    Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq.
    Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon tsivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.
    Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   301




    Download 0,96 Mb.