|
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi
|
bet | 29/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki zvenolarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, bu bosqichlardan o‘tishi kerak.
O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy zvenolardan tashkil topgan: 1-o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;
hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash.
Har bir zveno uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.
29 Ibragimov X.I.., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. B. 210- 212.
O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi.
O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir.
Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
|
| |