|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 22/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma,malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari,shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.
So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
24 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
Bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli;
Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
Ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
Ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
|
| |