Vazirligi urganch davlat




Download 0,96 Mb.
bet194/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari qatorida muhim o‘rin tutuvchi omil o‘z-o‘zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko‘ra, bolaning o‘zi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e’tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalansa, o‘z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi, kimki yo‘l qo‘yilgan xatoni anglash va uni to‘g‘rilashga harakat qilish o‘rniga turli bahonalarni ro‘kach qilaversa, xatolari sonining yana bittaga oshishi uchun shaxsan o‘zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko‘p bo‘lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko‘rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko‘rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo‘lsa, el oldida uning obro‘si shunchalik pasayadi. Quyida keltiruvchi to‘rtlik ana shu mazmunni ifoda etadi:
Xatog‘a tadorik nedur bexilof, Ayon qilmoq o‘z sahviga e’tirof. Vagar qilsa sahvig‘a ijro dail,
Ki yaxshidur aylar iki ancha bil2.


1 Yuqоridа nоmi qаyd etilgаn аsаr, 17-bеt.


2 O’shа аsаr, 232-bеt.
Mutafakkirning ilm olish yo‘llari xususidagi qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy bilimlarni tinmay, uzluksiz o‘rganish zarur, deydi. Bu yo‘lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni yengib o‘tish mumkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana shu maqsadni ro‘yobga chiqishi yo‘lida qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik faoliyat olib borish, bu yo‘nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga yetkazishda chidamli, matonatli va sabotli bo‘lishni maslahat beradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar mazmunidan anglanadiki, alloma o‘z davrida ilm olish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib, shuningdek, ta’lim tizimi mohiyatini ham yoritib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta’lim tizimi o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:

  1. maktab yoki madrasada tahsil olish;

  2. olim, hunarmand yoki san’atkorlarga shogird tushish asosida ta’lim olish;

v) mustaqil ravishda ilm o‘rganish.
Yoshlarga chuqur bilim hamda axloqiy tarbiya berishda muallimlarning roli beqiyosdir. Muallimlik faoliyatini olib borish o‘ta mas’uliyatli va sharafli, ayni vaqtda murakkab ish sanaladi. Ushbu faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish mudarris hamda ustoz-murabbiylarning muayyan talablarga to‘laqonli javob bera olishlariga bog‘liq. Eng muhim talab - ularning chuqur bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlaridir. O’qituvchining samarali o‘qish (ta’lim berish) yo‘llari va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lishi ham nihoyatda muhim. Alisher Navoiy mazkur fikrlarni ilgari surar ekan, nodon, mutaassib hamda johil muallimlar va ularning xatti-harakatlarini tanqid qiladi. Xususan, “Mahbub-ul-qulub” asarida maktabdorlar va ularning faoliyatlari mazmuni xususida to‘xtalib o‘tar ekan, o‘qituvchi mehnati, shuningdek, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi, biroq shu o‘rinda ularning qattiqqo‘l, johil va ta’magir bo‘lishlarini qoralaydi:
“Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim, bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to‘dada fahm- farosati ozlar bo‘ladi, undan kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir, agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluk qilsa arziydi.”
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila”.
Ayni o‘rinda har bir yoshning aqliy va jismoniy kamolotga yetishida ilm-fan va tarbiyaning ahamiyatini ko‘rsatib berish bilan birga jamiyat taraqqiyotining ta’minlanishida asosiy rolni o‘ynovchi ilm ahli, olimu fozillarga nisbatan hurmat ko‘rsatish, ularning turmush darajasini yaxshilash masalalariga ham e’tiborni qaratadi.
Mutafakkir o‘qituvchining hurmatini qay darajada yuqori baholasa, uning shaxsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil, dono, kamtar va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlarini
talab etadi. Bu boradagi qarashlarini quyidagicha ifoda etadi: «Mudarris (dars beruvchi) kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgizmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa. Yaramasliklardan qo‘rqsa va nodonlikdan qochsa, nainki: o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa: ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».

    1. Download 0,96 Mb.
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   301




Download 0,96 Mb.