• Muhammad bin Jarir at-Tabariyning «Tarix ar- Rasul val-muluk»
  • Xiva xoni
  • Buxoro, Qo’qon, Xiva
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet197/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.

    Xaydarning o‘g‘li Nasrullo Baxodirxon Buxoro taxtini egallab, Qo‘qonni vayron qilganidan keyin XIX asr boshlarida katta umidlar bergan madaniy tarakkiyotni qayirib bukib ko‘ydi. Bayoniyning 2 tarixiy asari 17-asr oxiridan to 1873-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, keyinroq esa 1914-yilgacha bo‘lgan voqealar bilan to‘ldiriladi. Xiva xoni Asfandiyorxonning amriga ko‘ra Bayoniy ikki jildli «SHajarai Xorazmshox» asarini yaratdi. Ayni vaqtda Xivada tarixiy asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha olib borilayotgan katta ish davom etiriladi. Ollaqulixonning buyrug‘i bilan Mirxond va Xondamirning tarixiy asarlari tarjima qilina boshlanadi. Xorazmning boshqa yirik muarrixidan Bayoniy (1859- 1923) kamida to‘rt yirik asar, shu jumladan, Kamoliddin Binoiyning
    «Shayboniynoma», Abu Jafar Muhammad bin Jarir at-Tabariyning «Tarix ar- Rasul val-muluk» asarlarini chig’atoy turkiyga tarjima qilgan. Chor hokimiyati davrida maorifning diniy ruhdagi ikki turi-boshlangich ta’lim beruvchi madrasa saqlanib qolgan edi. Maktablar asosan axoli va ayrim hollarda badavlat kishilarning mablag’i evaziga kun qurardi. Ba’zi talabalar bilim olishni davom ettirish uchun Buxoro, Qo‘qon yoki Turkiya va Misrga yo‘l olardi. Boshqalari esa yuksak lavozimlarni egallab, qozi, mufti, a’lam bo‘lishardi. Eski mao‘rif tizimi Oktabr inqilobiga qadar saklanib qoldi. Turkistonda 1913-yilda 7665 ta maktab va madrasa bor edi.
    O’zbek milliy pedagogikasi turli davrlarda o’ziga xos shakllanib bordi. O’zbek pedagogikasining ziddiyatli davrlaridan biri bu xonlik davri bo’lib, O’rta Osiyo xalqlari shu davrlar mobaynida bir muncha qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Bu 1810 – 1873 yillar oralig’ida yaqqol ko’zga namoyon bo’ldi. XIX asr boshiga kelib o’zbek xonlari yangi Buxoro, Qo’qon hamda Xiva xonlari markazlashish bo’yicha bir qator tadbirlar ko’rdi. CHunki turli xonliklar XVIII asr oxirigacha tarqoq holda faoliyat ko’rsatdi. Natijada ham siyosiy ham moddiy jihatdan kamchiliklarni ko’rdilar. Natijada Xiva xoni Muhammad Rahimxon xonlikning ichki boshqarish tizimida bir qator islohatlarni amalga oshirdi va Xorazm hududini kengaytirgan holda Orol dengizining Sharqiy qismi va Qoraqalpag’iston hududlarini Xorazm hududiga qo’shishga imkoniyat yaratdi. Natijada siyosiy g’oyaviy o’zgarishlarni Qoraqalpoq xalqi ham singdirib berdi. Aynan shu davrda O’rta Osiyo maktab, madrasalar, masjidlarga bo’lgan qiziqish ularni moddiy jihatdan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish kerakligini ko’rsatadi. Machitlar qoshida maktablar tashkil qilindi. Bunday maktablar har bir qishloqda o’z faoliyatini ko’rsatadi. Xonlik davri tarixining eng qarama –qarshiliklarga boy davrini hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsa ham Buxoro, Qo’qon, Xiva uchala xonlikdan ham dono, xalqparvar xonlar qatorida xalqni o’ylamaydigan xonlar ham yashab o’tgan. Biz tarixni oqlash uchun ularni yo’q deb tasavvur qila olmaymiz, chunki u tarixiy haqiqatlardir. Bunga misol sifatida Xiva keyingi xona Isfandiyor xonni keltirish mumkin. Chunki xozirgi davrga xos bo’lgan rivojlanishining negizi
    ham o’sha xonlik davriga borib taqalishi mumkin.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   301




    Download 0,96 Mb.