Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy" asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni. Davoniy o‘z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo‘lib yetishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta’siri bo‘lgan. Chunki, ilm-fan XIV—XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, Qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Ayniqsa, Hirotda bo‘lganda mashhur shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u yerdan ketganidan so‘ng ham alloma
1 Жомий Абдураxмон. Лайли ва Мажнун. Саломон ва Абсол (Масъул муxаррир ва сузбоши муаллифи А.Каюмов). – Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, 5-бет.
bilan xat yozishib turgan. Demak, Davoniyning yetuk olim bo‘lib yetishishida Yaqin va O‘rta Sharq, Movarounnahrdagi yetuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil bo‘lgan. Davoniyning madrasadagi uzoq vaqt mudarrislik faoliyati uning ta’lim-tarbiya to‘g‘risida o‘z qarashlariga ega ekanligini ko‘rsatadi. H.Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Davoniyning hayoti va faoliyati, ilmiy- pedagogik merosini Sharq va G‘arb olimlari Xondamirning «Habib us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq etganlar. Samarqandlik olim Abu Tohir Xo‘janing
«Axloqi Muzaffariy», Shamsiddin Somiyning «Qomus ul-allom» asarlarida alloma haqida ma’lumotlar berilgan. Lekin H.Aliqulov Jaloliddin Davoniy haqida batafsil ma’lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin Davoniy» nomli kitobida, A.M.Shastrining
«Islom madaniyati haqida lavhalar» nomli asarida, ingliz tilida chop etilgan «Islom qomusi», M.Duayt va D.D.Donaldsonlarning kitoblarida ancha batafsil aytib o‘tilganini ta’kidlaydi. H.Aliqulovning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy meros qolgan: «Risolai isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqida risola), «Risolat ul-mufradot» (Moddalar haqida risola), «Risolat ul- huruf» (Harflar haqida risola), «Risolati fi tavjix ul-tashbix» (Majoz talqini haqida risola), «tariqati tarbiyat ul-avlod» (Bolalarni tarbiyalash usuli), «Arznoma» (Armiyani boshqarish qoidalari) kabilar shular jumlasidandir. Davoniyning she’rlari ham «Foniy» taxallusi bilan chop etilgan. Lekin dunyoga mashhur bo‘lgan, fors tilida Yozilgan «Ahloqi Jaloliy» asari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Mazkur asar 1470—1478-yillarda yaratilib, G‘arbiy Eron Hokimi Uzun Hasan Oq qo‘yinliga bag‘ishlangan. Bu asar 1839- yilda V.F.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. 1911-yilda Kalkuttada nashr qilingan. 1948-yilda Eshonjon Ibn Muhammadxo‘ja tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan. Mazkur asarni rus sharqshunosi A.A.SemYonov, Re va Braunlar fikriga tayangan holda uni musulmon Sharqidagi mashhur kitoblar qatoriga qo‘shadi, deydi tadqiqotchi1.
Haqiqatan ham ushbu asar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning axloq mavzudagi asarlari qatorida turadi va axloqiy tarbiyada o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan asar sanaladi.
«Axloqi Jaloliy»da ham inson kamoloti uchun eng zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar Yo‘llari va usullari bayon etiladi.
«Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinchi qism — axloq faniga, ikkinchi qism — «Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism — «Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati», deb atalib, unda muhim ijtimoiy- siyosiy masalalar ko‘tariladi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo‘lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, xalqning farovon hayot kechirishida podsholarning o‘rni, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o‘rni bayon etiladi.
Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi masalalariga to‘xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib o‘zining axloqiy qarashlarini o‘z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi
1 Аliqulоv H. Jаlоliddin Dаvоniy. Tоshkеnt, O’zbеkistоn, 1992, 20-bеt.
inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to‘g‘ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o‘zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo‘lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo‘ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o‘nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo‘lishi kerak, deydi. Bular: birinchisi — hukmdor odamlarni e’zozlashi; ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; uchinchisi — hirs va shahvatga berilmasligi; to‘rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g‘azabga yo‘l qo‘ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi; yettinchisi — xalqqa nisbatan odil bo‘lishi; sakkizinchi
— har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi; to‘qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; o‘ninchisi — adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo‘l qo‘ymaslik kabilardir. SHuningdek, Devoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko‘rinib turibdiki, adolatli shoh timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir.
Davoniy «Axloqi Jaloliy»da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etadi. CHunonchi, jamiyatning paydo bo‘lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz podsholar, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o‘rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy hislatlarni tarkib toptirish masalallari va boshqalar shular jumlasidan.
Davoniy o‘z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U o‘tmish olimlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an’analarni rivojlantirgan holda o‘z qarashlarini o‘tkir ruhshunos olim sifatida ham talqin etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta’lim-tarbiya natijasida egallashi mumkin. CHunki, bolada his-tuyg‘u juda erta shakllana boradi, u ulg‘aya borgan sari ayrim juz’iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a’zolari mustahkamlanadi, narsa va hodisalarni bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘la boshlaydi, аqli to‘lishib, ongi o‘sadi, deydi olim. Ana shu paydo bo‘lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi mumkin deydi.
Ola o‘ta ta’sirchan va taqlidchan bo‘lishini ta’kidlar ekan, olim yaxshi fazilatni ham, yomon fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi mumkinligini alohida uqtirib o‘tadi. Bola qalbini naqsh solinadigan, suratlarni osonlikcha tushirish mumkin bo‘lgan taxtaga o‘xshatadi.
Davoniyning fikricha bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo‘lishi uning keyingi tarbiyasiga ham bog‘liq. Chunki hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon ta’sir etadi. Bolada
har kuni kerak bo‘ladigan insoniy hislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni o‘rganish, shirinsuhanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o‘rganiladi. Shunga ko‘ra bunday hislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalanib borilishi muhim. Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo‘yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida bab-baravar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy.
Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o‘rganib borishi, ilm- fanni chuqur o‘zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi.
Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi.
Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni o‘rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya etish, o‘z qilmishi oldida javob berish mas’uliyatini his etishini tarkib toptirishda ota va ona burchlidir.
Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so‘ng muallim ham javobgar sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o‘zi ham yaxshi tarbiya topgan bo‘lishi shart. Shu o‘rinda Davoniy muallimning hislatlariga, bola va uning o‘rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni «Ma’naviy padar» deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, jismonan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi olim. Ruh qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota- onaga shunchalik yaqin deb ko‘rsatadi. U ota-ona tarbiyasi bilan muallim tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning tarbiya usuli, metodlari ota-onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki, ota-ona tarbiya usullari, metodlari bilan muallimchalik qurollanmagan bo‘ladi, muallim esa tarbiya berish bilan birga ilm cho‘qqilarini egallashda ham zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi umrbod uning hayot yo‘lini belgilab beradi, deb aytadi.
Shu o‘rinda Davoniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlarini keltirish o‘rinlidir. Chunki olimning qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash masalalari muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarga bilim berish yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan holda Davoniy ham inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishiga, aql ilohiy ulug‘ bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o‘z xatti-harakatini, faoliyatini boshqaradi.
Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni o‘rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini egallashda bo‘lsin, xoh shirinsuxanlik, she’riyatda bo‘lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o‘rin beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan
saqlaydi, ilm bilan shug‘ullanish har bir inson uchun hech qachon kech bo‘lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: «Qancha vaqtgacha ta’lim olish va ilm o‘rganish yaxshi? — deb so‘rabdilar. U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay vaqtgacha bo‘lsa, ilm o‘rganish o‘sha vaqtgacha yaxshidir» — deb javob bergan ekan.
Davoniy olimlarning jamiyatda, davlatni boshqarishda tutgan o‘rniga katta ahamiyat beradi, uning fikriga ko‘ra haqiqiy olim davlat ishlarida faol qatnashishi, jamiyatga foyda keltiradigan murakkab muammolarni yechishda ishtirok etishi kerak. Olimlar tabiat sirlarini o‘rganish, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanishi, omma o‘rtasida adolat qoidalari hamda axloq normalarini tarqatish bilan shug‘ullanishi, boshqalardan ilgarigi safda turishi kerak. Ularning maslahatlaridan davlat muassasalarini boshqaruvchilar foydalanishi muhim, deb uqtiradi.
Davoniy ham boshqa mutafakkirlar kabi podshohlarning ma’rifatli bo‘lishini istaydi. Ana shunday podsholar o‘z atrofiga bilimdon kishilarni to‘playdi va ilm ahlining jamiyat taraqqiYotida katta rol o‘ynashini tushunadi, deydi.
Davoniy insonning ma’rifatli, yuksak fazilatli bo‘lishida tabiiy fanlarning roli katta, deydi. Matematika, astronomiya, tibbiy fanlar jamiyatga ulkan foyda keltiruvchi ilm sohalaridir, deb biladi. Riyoziyot fanini o‘rgangan kishining tabiati qat’iy va sabotli bo‘ladi, deydi. Tib ilmining esa jamiyatga foydasi haqida gapirib, tabiblarga zarur bo‘lgan kasalga tashxis qo‘yish masalalariga to‘xtab o‘tadi. Tabib bemorga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘ygandan so‘nggina bemorni davolash kerakligini uqtiradi. 121
Davoniy insoniy fazilatlardan donolikni tahlil etar ekan, inson o‘zining aqliy qobiliyatini, iste’dodini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilish:
Birinchisi, zukkolik — zehn o‘tkirligi. Bu kishining har bir masalani tezda hal qila olish, unda o‘zi istagan natijani ola bilishida deb ko‘rsatadi. Bu malakani hosil qilish uchun kishida tajriba va harakatchanlik bo‘lishi talab etiladi;
ikkinchisi — fahmlilik. Bunda kishining keraksiz va ikkinchi darajali masalalarga ortiqcha to‘xtalmasdan, butun diqqatni muhim va zarur masalalarga tez qarata bilishi qobiliyati, ya’ni murakkab va chigal masalalar ichidan eng muhimini tanlay bilish malakasini hosil qilish talab qilinadi;
uchinchisi — zehn ravshanligi deb ko‘rsatiladi. Bu biror masalani hech qanday qiyinchiliksiz, oson yo‘l bilan hal qilish iste’dodi;
to‘rtinchisi — bilimni tez egallash qobiliyati. Kishi ma’lum masalaga butun diqqat-e’tiborini qarata olishi va uni hech qanday qarama-qarshiliksiz o‘zlashtira olishi;
121Sharifzoda, S.O va boshqalar. Pedagogika tarixi : O‘quv qo‘llanma /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 172 b
beshinchisi — qo‘yilgan muammoni tezda anglashi;
oltinchisi — Yodlash qobiliyati. Insonning ilgari his etgani va tasavvur qilganlarini esda saqlash qobiliyati;
ettinchisi — xotira. Yod olingan, his qilingan narsalarni kerak bo‘lganda eslash qobiliyatini tezda ishga solishi lozim, deb ko‘rsatadi1.
Demak, Davoniy kishi Yoshlikdan o‘z qobiliyatini o‘stirishi, rivojlantirishi lozimligi, agar u haqiqiy baxt-saodatga erishmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi aqliy qobiliyatni rivojlantirishga Yordam beruvchi fazilatlarni egallashga harakat qilmog‘i lozim, deydi.
Davoniy shu bois insonning aqliy sifatlari rivojlanishiga katta ahamiyat beradi.
Davoniy bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish bilan kasb-hunar o‘rgatish haqida ham qimmatli fikrlarni bildirgan. Davoniy muallimning bolalarni qaysi kasbga qiziqishi, qobiliyatini yaxshi bilishi zarurligi haqida gapirib, bola qiziqib biror hunar yoki ilm bilan shug‘ullansa, unga har qanday sharoitda ham imkoniyat yaratib berish kerak, deb uqtiradi. Albatta, hamma kasblarni egallab bo‘lmaydi, ammo har bir odamning biror kasbga qobiliyati bo‘ladi, deydi olim. Biror kasbni egallab olishga intilgan kishi butun iste’dodini sarf etib, ana shu kasbni tezda o‘rganib oladi. Bunday fikrni buyuk mutafakkir Forobiy ham o‘z vaqitda ta’kidlab o‘tgan edi.
Agar u yoki bu shaxsning muayyan kasb-hunarga ishtiyoqi bo‘lmasa, uni majbur qilish mumkin emas, aks holda u o‘zini qiynaydi va bu kasb-hunar unga baxt-saodat keltirmaydi deydi. Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo‘ladi: buni kishilarning ruhiy quvvatiga bog‘lab ko‘rsatib, birinchisini inson aqliga tegishli, deb ko‘rsatadi va bunga vazirlik kasbini kiritadi. Ikkinchisi ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladi, deb bunga astronomiya, matematika, tib. geometriya fanlari bilan shug‘ullanishni kiritadi. Uchinchisiga kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog‘liq kasblarni, ya’ni dushmanga qarshi kurash, chegarani qo‘riqlash va boshqalarni kiritadi. Olim kasbi bo‘lmagan, biror kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilarni qattiq tanqid qiladi. Otasining mol-mulkiga ishonib kasb-hunar egallamydigan yoshlarni qoralaydi. Mehnat qilish, hunar egallashni targ‘ib qilar ekan, mehnat inson kamoloti va baxt-saodati manbai, deb hisoblaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Davoniy kasb-hunar egallash insoniy fazilatlarning eng muhimi, deb talqin etadi. U kasb-hunar egalarini quyidagi toifalarga bo‘lib: chunonchi, birinchi toifaga qalam ahllari: olimlar, noiblar, munajjimlar, qozilar, muhandislar, musulmon qonunshunoslari va hokazo; ikkinchi toifaga: harbiylar; uchinchi toifaga esa dehqonlar, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilarni kiritadi.
Davoniy ayniqsa, dehqonchilik kasbini ulug‘laydi. Davoniy ham barcha mutafakkirlar kabi dehqonning mehnatiga yuqori baho beradi. Zero, dehqon
1 Аliqulоv Х., Оmоnbоеvа R. Jоmiy vа Dаvоniy tа’lim-tаrbiya hаqidа. Tоshkеnt, O’qituvchi, 1981, 41-42 bеtlаr.
odamlarni oziq-ovqat, moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Olim agar dehqon bo‘lmasa, inson zoti mayda savdogarlardek yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lur edi, chunki boshqa toifadagi kishilar inson hayot kechirishi uchun ulardek moddiy ne’mat yarata olmaydilar, balki bunyod qilingan narsalarni boshqa kishilarga beradilar, joydan-joyga olib boradilar, shaklini o‘zgartiradilar, deydi. Demak, Davoniy dehqon mehnatini boshqa kishilarning mehnatidan yuqori qo‘yadi. Ko‘rinib turibdiki, uning dehqon mehnati haqidagi fikrlari boshqa Sharq mutafakkirlarining fikri bilan hamohangdir. Masalan, Navoiy dehqon mehnatidan hatto qurt- qumursqalar, hasharotlar, hayvon va parrandalar ham bahramand bo‘lishini o‘z vaqtida haqqoniy baholagan.
Davoniyning kasb-hunar haqidagi qarashlari shu bilan ahamiyatliki, u oddiy xalq mehnatini, dehqon mehnatini ulug‘laydi, insonning faqat mehnati tufayligina baxt-saodatga erishuvi mumkinligini, mehnat insonning shaxs sifatida kamol topishining bir mezoni ekanligini isbotlaydi.
Davoniy kishi xususiyatlarini ikkiga bo‘ladi: biri tug‘ma, ikkinchisi hayot jarayonida paydo bo‘ladigan xususiyatlar. Tug‘ma xususiyatlarga kishilarning aqliy va xulqiy sifatlari, qobiliyatlari kiradi. Masalan, faraz qilish qobiliyati, bir- birini tezda tushunish iste’dodi va boshqalar. Lekin, Davoniy kishilarning ba’zi bir tug‘ma xususiyatlarini, qobiliyati va malakalarini tan olgan holda hayot jarayonida kasb qilinadigan xususiyatlarni ham inson kamoloti uchun muhim deb hisoblaydi. Inson xususiyatlari yoshlikdan, tarbiya natijasida, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda kasb etiladi, har bir fazilat vaqt o‘tishi bilan yangilanishi va o‘zgarishi mumkin, rivojlanib takomillashib boradi. «Agar (inson) xulqi, — deb Yozadi olim, — o‘zgaruvchi bo‘lmaganida edi, siyosat va tarbiyaning keragi bo‘lmas edi»1.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, Davoniy insoniy fazilatlarga ega bo‘lishda ta’lim-tarbiyaning o‘rniga katta ahamiyat berganligining guvohi bo‘lamiz.
Davoniy insoniy fazilatlarni to‘rtga bo‘ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. Bular orqali qadim-qadimlardan insonning xulq-odobi belgilangan. Inson fazilatlarini dastlab Aflotun va Aristotel belgilaydi. Keyinroq O‘rta OsiYo va Eron mutafakkirlaridan Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Ubayd Zokoniylar ham shunday tasnif etganlar.
Davoniy mardlik va shijoatkorlikni ham insonning eng zarur fazilatlaridan, deb hisobladi. U shijoatga kamtarlik, yumshoq fe’llik, botirlik, sabr-matonat, chidamlilik kabi sifatlarni kiritadi. Shijoatga kishining hatti-harakati va boshqalar bilan munosabatini baholaydigan tushuncha deb qaraydi.
Olim agar inson biror xavf-xatarga duch kelsa, o‘zini mahkam tutib, esankiramasligi, sabotli bo‘lishi zarurligi, ana shu hislatlar shijoatga kirishini aytadi. Shijoatkorlik ham aqlga bo‘ysunishi kerak deydi. Davoniy askarlarni shijoatli, jasur kishilar deydi, chunki, ular davlat chegarasini qo‘riqlaydi, davlatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, moddiy yordam berishi zarur, deb ko‘rsatadi.
1 Аliqulоv Х., Оmоnbоеvа R. Jоmiy vа Dаvоniy tа’lim-tаrbiya hаqidа. Tоshkеnt, O’qituvchi, 1981, 41-bеt.
U ba’zi kishilar tashqi ko‘rinishidan shijoatli ko‘ringanlari bilan jasurlik va shijoatni o‘zlarining manfaatlari Yo‘lida namoyon etadilar. Bunday xatti- harakatlarni shijoatkorlikka kiritish mumkin emas, deydi.
Davoniy qo‘rqoqlikni shijoatkorlikka qarama-qarshi qo‘yadi. Ba’zi qiyinchiliklardan qochgan, yengil hayot kechirish yo‘lini o‘ylaydigan kishilarni olim qo‘rqoq va yuraksiz kishilar, deb aytadi.
Demak, Davoniy davlat hamda jamiyatga foyda keltiruvchi kishilarni haqiqiy shijoatli kishilar deb biladi. Olim sabot-matonatni shijoatning tarkibiy qismiga kiritadi. U ibn Sino fikriga yanada chuqurroq yondoshib, har qanday ehtiyoj, har qanday faoliyatni shijoatga qo‘shmaydi. Davlat manfaatlariga bo‘ysunadigan, kishilik jamiyatiga xizmat qiladigan inson faoliyatini shijoat deb ataydi.
Sharq mutafakkirlari adolat tushunchasiga alohida fazilat sifatida qaraganlaridek, Davoniy qarashlarida ham adolat tushunchasi asosiy o‘rinni egallaydi.
Olim adolat fazilatini 42 ga bo‘ladi. Bulardan eng muhimlari vafo, do‘stlik, sadoqat, mehr-shafqat, o‘zaro hurmat... kabilardir, deydi. Davoniy sadoqatni sodiq kishilar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydigan hislat sifatida qarab, odam o‘ziga nimani istasa, do‘stiga ham shuni ravo ko‘rishi va shu tarzda harakat qilishi lozim, deb hisoblaydi. Demak, Davoniy adolatli kishilar o‘rtasidagi haqiqiy do‘stlikni insonparvarlik, o‘zaro hurmat bilan bog‘liq holda tasavvur etadi.
Vafo tushunchasini Davoniy faqat va’daga vafogina emas, balki o‘zaro yordam qoidalariga amal qilish ma’nosida tahlil etdi.
Davoniy adolatni inson aqliy kamoloti bilan birgalikda qaraydi. U hamma ruhiy quvvatlar birlashib aqlga bo‘ysungan taqdirdagina haqiqiy adolat namoyon bo‘ladi, deydi. Haqiqiy odil kishi butun quvvatini, aqlini yaxshi hislatlarni kasb etishga qaratishi kerak, adolat odamlarni baxt-saodatli qilishi lozim deb ta’kidlaydi olim.
Davoniy ham Forobiy kabi shaharlarni fozil va odil shaharlarga bo‘ladi. Fozil shaharlarni odil podsho idora qilsa va o‘z hukmlarida adolatga rioya qilsa va ta’magirlikni aql bilan daf’ etsa, johil shahar boshlig‘i o‘z manfaatini ko‘zlab ish yuritadi va boylikka hirs qo‘yib, xalq fikri bilan hisoblashmaydi, deydi.
Uning ta’kidlashicha, davlatni idora etuvchi adolatsiz bo‘lsa, uning qo‘l ostidagilar ham ta’magirlik, yolg‘onchilik va boshqa xatti-harakatlar qiladilar, ya’ni podshoh ishini fuqarolar ham takrorlaydi. Xullas, fuqarolarning yaramas xulq-odoblari uchun ham hukmdor aybdor sanaladi, deydi. Agar hukmdor adolatli bo‘lsa, boshqalar ham adolatli bo‘lishga harakat qiladi, deydi.
Davoniy odil shohni mohir tabibga o‘xshatadi. Dono tabib odamlar salomatligini doimo kuzatib, uning holatini mo‘tadillashtirib borgani kabi odil shoh ham fuqarolarini yo‘ldan adashsa, ularni to‘g‘ri yo‘lga solib boradi, deydi.
Davoniyning erkinlik tushunchasi haqidagi ta’rifi alohida ahamiyatga ega. Erkinlikni Davoniy kasb-hunar orqali moddiy boylik to‘plash va bu boylikni xayrli
ishlarga sarflash deb biladi. U inson yomon yo‘llar bilan emas, balki aqliga ishonib qilgan ishlari va halol mehnatini erkinlik deb ta’riflaydi.
Qanoat tushunchasini Davoniy kishi ruhining yaxshi mevasi hisoblaydi. U qanoatni zaruriy xatti-harakatlar bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi. Kishi faqat zaruriyatga asoslanib ish tutishi lozim, hayotda inson eng zarur narsalarga intilishi kerak, ya’ni yeyish-ichish, hissiyotlarga berilish va boshqa xatti-harakatlarda me’yorni bilish, mo‘tadillikka rioya etish, boylikka hirs qo‘ymaslik, qanoatni anglatadi, deydi.
Davoniy inson o‘rtasidagi do‘stlik tuyg‘usini ham ulug‘lab, bolalarni do‘stlik ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat beradi. Bola dunyoqarashining tarkib topishida do‘stlikning ta’siri katta. Do‘stsiz inson muayyan jamiyatda yashay olmaydi. Do‘st o‘zaro muomalada ayniqsa, inson boshiga kulfat tushganda bilinadi, ammo haqiqiy do‘st bilan soxta do‘stni ajrata bilish kerak, deb uqtiradi olim. Dushman esa kishining o‘ziga, kamchiligiga e’tibor bermaydi, balki hammaning oldida uni fosh qilishga intiladi, deydi.
Davoniy kishilar o‘rtasidagi adovatni ham qoralaydi. O‘zaro nizolarda hurmat yo‘qoladi, shubha va gumonlar ko‘payib, janjallar chiqadi, deb ta’kidlaydi.
Davoniy sevgi va muhabbat to‘g‘risida ham fikr yuritib, uni ijtimoiy muammolar bilan bog‘lab talqin etadi.
Davoniy o‘z davri mutafakkiri sifatida ilohiy sevgini tan olgani holda, insonning bu dunyoda faol hayot kechirishi, tabiat va hayotni sevishi, uni yuksaklikka ko‘tarishi haqida ham o‘z qarashlarini bayon etadi.
Uning mulohazalariga ko‘ra tug‘ma va shu bilan birga inson iroda va istagiga asoslangan sevgi mavjud. U sevgi-muhabbatni besh xilga bo‘ladi:
Ilohiy sevgi.
Ota-ona muhabbati
Muallimning o‘z talabasiga muhabbati.
Podshohning o‘z fuqarolariga muhabbati.
Ilm-ma’rifatga muhabbat.
Xususan insonning o‘zaro munosabatisiz, sevgisiz kamolotga erishishi mumkin emas, deydi.
Adolat, sevgi, do‘stlik o‘zaro aloqada tarkib topadi, deydi Davoniy. U nafsoniy hirsga asir bo‘lib, fisqni ishq deb hisoblamaslik, havasni muhabbat deb bilmaslikni qattiq turib himoya qiladi. Davoniy, ayniqsa, shahvoniy hirsga berilmaslikni, bunda ayniqsa, podsholar hirsu havasdan o‘zlarini tiyishi zarurligini, ular bo‘sh vaqtlarini davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarga sarf etishlari zarurligini aytadi.
Olim har bir kishi haqiqiy sevgiga munosib bo‘lishga intilishi, sevgiga vafosizlikdan turli razilliklar paydo bo‘lishi, axloqsiz xatti-harakatlardan yomonliklar avj olishi mumkinligini qayd etadi.
Davoniy ilohiy sevgini tan olsa ham, mavjud dunyodagi sevgini inkor etmadi. U kishilarni noz-ne’matlardan bahramand bo‘lish, ilm-fan, tabiatni o‘rganishga, ta’lim tarbiya bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Davoniyning tarbiya tizimida odamlarda uchraydigan nuqson va yaramas odatlarni bartaraf etish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. Masalan, Davoniy salbiy ruhiy quvvatlar: jahl, g‘azab, hasad, g‘amginlik, dangasalik va boshqalar haqida gapirib, bular ruhiy jarayon bo‘lib, ularni davolash yo‘llari, usullari haqida gapiradi. Chunki bu ruhiy kasalliklar ham inson tanasidagi kasalliklarga o‘xshab, davoga muhtoj deydi, uning fikriga ko‘ra kishi tanidagi kasalliklarni tibbiyot yo‘li bilan davolansa, kishilarning yaramas odatlarini ruhiy ta’sir natijasida davolash mumkin. Jismoniy davo ovqat yoki dori-darmon vositasida amalga oshadi, ruhiy kasalliklarni davolash esa, yuqoridagi usullardan birmuncha farq qiladi. Ruhiy kasalga chalingan odam eng avvalo yaxshi xatti-harakatlar qilishga odatlanishi zarur. Shundagina u yomon odatlardan xolos bo‘ladi, deydi.
Davoniy g‘azabni eng og‘ir ruhiy kasallik deydi. G‘azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g‘azab va hissiyotga bo‘ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo‘lmaganligi tufayli u g‘azab quvvatini o‘ziga bo‘ysundira olmaydi. Inson aqli bo‘la turib g‘azabni bo‘ysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas. U hamma vaqt o‘z g‘azabini aqlga bo‘ysundirishga harakat qilishi kerak, shundagina u haqiqiy inson bo‘lib yetishishi mumkin, deydi. Olim kishilar ruhiyati haqida gapirar ekan, g‘azab quvvatini quyidagilarga bo‘ladi: ba’zilar tez g‘azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba’zilar esa asta-sekin g‘azablanib, tez jahldan tushadilar, ba’zilar tez g‘azablanib, uzoq vaqt jahllaridan tushmay yuradilar. Davoniy g‘azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb, eng oxirgisini yomoni deb belgilaydi.
Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va ularni yaxshi maslahat berish, so‘z bilan, jazo va mehnat qildirish Yo‘llari bilan tarbiyalasa bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Davoniy insoniy hislatlar: mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, insoniylik, yaxshilik, xushmuomalalik, odillik, donolik va boshqa hislatlarni ijobiy baholaydi. U insondagi barcha hislatlarni aqliy faoliyat bilan bog‘laydi. 122
Demak, Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to‘g‘risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega. Chunki u yuksak axloqiy fazilatlarni tarannum etadi, kishilarning baxt-saodatli bo‘lishi uchun tavsiyalari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Davoniyning aqliy tarbiya, insoniy fazilatlarni tarkib toptirish borasidagi tarbiya usullari Sharq pedagogikasining qimmatli xazinasi bo‘lib hisoblanadiki, bu tavsiyalardan biz
122 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (2-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 286 b.
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalansak, milliy qadriyatlarimizga murojaat etgan bo‘lamiz va u ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda eng munosib yo‘l bo‘ladi.
|