• Universitet
  • 1876-yil 19-fevralda
  • Abdurauf Fitrat
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet204/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Umumiy o‘rta ta’lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv- ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof- muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish boskichi.
    Universitet- kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
    Akademiya- kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.

    1.XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati.


    Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o‘lkani qo‘lga kiritish uchun jahonning ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.
    Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g‘oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so‘ng Yekaterina hukumati tomonidan davom ettirildi. Nikolay II taxtga o‘tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirishga intildi.
    Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o‘rnida 3 ta xonlik – Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bo‘lib, bular o‘rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog‘istonni o‘zlarining cunki qildilar. So‘ngra Qozog‘iston orqali 1864- yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867-yilda Yettisuv viloyati, 1868 -yilda Samarqand, 1876-yilda Farg‘ona viloyati Rossiya qo‘liga o‘tdi.
    1876-yil 19-fevralda podsho Aleksandr II Qo‘qon xonligi tugatilganligi to‘g‘risida buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o‘tdi va o‘lkada Turkiston general gubernatorligi tashkil etiladi.
    Markaziy Osiyo mustamlaka davlatiga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘yish bilan ular o‘rtasida kurashni avj oldirdi.
    Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish- tirnog‘i bilan qarshilik qildi milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xalq o‘zining milliy merosi, qadriyati va g‘ururidan mahrum bo‘la boshladi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman imperatorga yo‘llagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Inqilobdan oldin masjid va madrasalardagi kitoblar, noyob qo‘llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. Bunday hatti-harakatlardan g‘azablangan Abdurauf Fitrat xalqqa qarata: «Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydur! Ey Temurlarning, O‘g‘uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qulliq chuqurlariga nedan tushding!» qabilidagi jangovar shiorlari bilan xitob qilgandi.
    O‘lkada yuz bergan bu voqiliklar ilg‘or ziyolilarning faoliyatida ham o‘z ifodasini topdi. Ular o‘lkada chor ma’murlari qo‘llagan jabr-zulmlariga qaramay ilm-fan va madaniyatning umumiy rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan ulug‘ mutafakkirlarning insonparvarlik, pedagogik fikr, g‘oyalarini davom ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy, Avaz O‘tar, Zavqiy, Saidahmad Siddiqiylarning ijodida ko‘rish mumkin.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   301




    Download 0,96 Mb.