|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 206/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Oliy diniy maktab bo‘lgan madrasada o‘rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o‘qitilgan.
Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo‘limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun
bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan Qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to‘plamlari keltirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.
O‘rta Osiyodagi maktablar (O‘rta Osiyoni Chor Rossiyasi bosib olgunga qadar faoliyat yuritgan maktablar):
Boshlang‘ich diniy maktab – (xalq bolalari uchun) Turkistonda keng tarqalgan maktablardan biri. Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30 taga, qishloq joylarda esa10-15 taga etar edi. O‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 14 yoshda, bolalarning o‘zlashtirishiga qarab 17-18 yoshlarda ham tugatilar edi. Otalar bolalarini maktabga olib kelganda «Suyagi bizniki, eti sizniki, yaxshi bilimli bo‘lsa bas» deb maktab rahbarlariga murojaat qilar edilar. Ta’lim mazmunida quyidagi predmetlar qo‘yilgan edi: Alifbe, Haftiyak (2-3 yil o‘qitilar edi), Chor kitob, So‘fi Olloyor hamda Qur’oni karim edi. Tarbiyaviy tadbirlar hadis hamda Qur’oni karimdagi g‘oyalarga asoslanar edi.
Qizlar maktabi - qizlar maktabi otinbibilar xonadonlarida tashkil qilinar edi. Qizlar maktabida ayolga xos hayo, iffat, odob va yuksak ayollik sifatlari shakllantirilar edi. Otin bibilar qo‘lida tarbiyalangan qizlar oilaviy hayotga mukammal tayyorlanar edi. Qolgan ta’lim mazmuni esa o‘g‘il bolalar maktabi bilan bir xil edi.
Qorixonalar qorixona internat shaklidagi maktab bo‘lib, unda turli yoshdagi ko‘zi ojiz bolalar ta’lim-tarbiya olar edilar. Ta’lim mazmunida asosan Qur’oni karimni yod olish, Qur’oni karimdagi sura va oyatlarni xalq ommasiga o‘qib berish edi. 1882-yili Farg‘onadagi bu maktablarda 252 talaba ta’lim oldi.
Halilxona – kattalar maktabi bo‘lib, talabalar domla rahbarligida arab tilini o‘rganar edilar. Bu maktab uchun asosiy darslik «Dalali-hayrat» (Muhammad payg‘ambar haqida yozilgan to‘plam) hisoblanardi. Bu to‘plamni o‘qish muddati bir yil edi. Ammo bunday maktab juda kam tarqalgandi. Jumladan, Toshkentda 4-5 ta, Farg‘onada 2 ta, Andijonda ham 2 ta shunday maktab mavjud edi. Maddohlar ko‘chalarda, bazmlarda, jamoatchilik joylarida islom dinini targ‘ib va tashviqot qilar edilar.
|
| |