|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 207/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Madrasa –oliy ma’lumot beruvchi maktab edi. Madrasalar asosan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon shaharlarida qurilgan edi. 1420 yili Samarqandda Ulug‘bek madrasasi, 1618-yili Sherdor, 1646-yili Tillakori, 1590-yili Toshkentda Ko‘kaldosh madrasalari qurilgan edi. Bulardan tashqarii, amirlik davrida Qo‘qonda 34 ta, Maarg‘ilonda 25 ta, Samarqandda 22 ta, Andijonda 18 ta, Namanganda 14 ta, Toshkentda 14 ta, Xojikentda 10 ta madrasalar faoliyat ko‘rsatib turardi. Madrasalarning ta’lim mazmunidagi asosiy predmetlari: Shamsiya (logika – mantiiq), Aqoid (islom diniga doir masalalar), «Mantiiq Tahzib» (grek falsafasi bo‘lib, arab tilida yozilgan edi), Shariat (huquq), «Avali ilm» (ilmning boshlanishi, arab grammatikasi, matematika kabilar) 125
125 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (2-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 286 b.
Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o‘qitishni rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o‘rganishga ko‘proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilinsin, degan ko‘rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilindi.
Eski maktablarda ham ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o‘rgatish joriy qilindi, qizlarga o‘qishni o‘rgatish bilan birga yozishni ham o‘rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko‘ra o‘zbek maktablari hayotida katta siljish ro‘y berdi.
asr boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: Buxoroda – 80, Qo‘qonda – 40, Samarqandda – 22, Marg‘ilonda – 28, Toshkentda -17, Xeva xonligida – 130 mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi.
1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Markaziy Osiyo, jumladan Turkiston o‘lkasida mahalliy maktablarning xususiyati, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, uni tashkil etish usullari o‘sha davr tarbiyasi maqsadiga mos bo‘lgan.
Umuman Markaziy Osiyoda Oktabr to‘ntarishiga qadar bir necha turdagi maktablar mavjud edi. Ular:
Musulmon diniy maktablar:
maktab (xona) — eski maktab;
qorixona;
v) madrasa;
Rus maktablari:
umumiy ma’lumot maktablari;
kasb maktablari;
v) rus-tuzem maktablari;
g) rus tilini o‘rgatish maktablari.
“Yangi usul” maktablari (usuli jadid).
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo. Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi
|
| |