• , chorizm
  • -yilda Markaziy Osiyo tumanining general-gubernatori huzurida Turkiston o‘quv yurtlarining maxsus boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, avvalo, ruslashtirish




    Download 0,96 Mb.
    bet210/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    1776-yilda Markaziy Osiyo tumanining general-gubernatori huzurida Turkiston o‘quv yurtlarining maxsus boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, avvalo, ruslashtirish siyosatini amalga oshirish vazifasi uning zimmasiga yuklatilgan edi.
    Tegishli davlat hujjatlari bilan maktablarning ish tartibini belgilab va maktab idorasi organlari o‘z maqsadlarida mustahkamlanib olgach, chorizmo‘qituvchilarning faoliyatini injiqlik bilan sinchiklab nazorat qilish tizimini to‘xtovsiz oshirib bordi.
    Tarixda o‘zbek xalqi ko‘p bosqinchilarni ko‘rgan. Masalan, mo‘g‘ul-tatar bosqinchiligini oladigan bo‘lsak, ular odamlarni qirgan, boyliklarini talon-taroj qilgan... ammo madaniyatiga, tiliga va diniga tegmagan. Eng dahshatlisi, ruslar
    Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish bilan birga xalqning urf- odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo‘ldilar.
    General Rozenbax esa shunday degan edi: «O‘lkani ruslashtirish rejasini amalga oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim». Haqiqatdan ham mustamlaka davrida rus-tuzem maktablari vujudga keldi. Bu maktablarning asl maqsadi, o‘lkani ruslashtirish edi. Afsuski bu o‘rinda boshqa tishga tegadigan nozik bir holat ham bor. «Tuzemes» degani ruscha o‘zbekcha lug‘atda «mahalliy xalq», «tub aholi» deb tarjima qilingan. Rus olimi Vladimir Dalning «Velikorus jonli tilining izohli lug‘ati» kitobida mana shunday jumlalar yoziladi: «Tuzemets. Mestno‘y otnosyahiysya do izvestnoy strano‘...Tuzemno‘e jiteli chasti Okeanii stoyat na nizshey stupeni chelovechestva»
    XX asr boshlarida Turkistonda hammasi bo‘lib 20925 ishchi bo‘lgan, xolos. Temir yo‘llar o‘lkamizning barcha boyliklarini Rossiyaga tashib olib ketish maqsadida qurilgan. YAngi ochilgan turli maktablar mustamlakachi amaldorlar uchun tilmochlar tayyorlab berish uchun xizmat qilgan.
    Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo‘lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko‘p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko‘pchiligida o‘qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to‘rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to‘rt yillik maktablarda internatlar ham bo‘lib, ularda ko‘proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880-yilda Rossiya tasarrufiga o‘tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo‘ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O‘qish muddati ikki yil bo‘lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.
    Dastlabki ovul maktablari 1892-yilda To‘rg‘ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo‘lib, aholini ko‘chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o‘qitilar edi. Bu maktablarda o‘qitish o‘quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916-yilda 169 ta ovul maktabi bo‘lib, ularda 5 ming o‘quvchi o‘qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.
    Markaziy Osiyo va Shimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko‘zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 – yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o‘z dasturlariga ko‘ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o‘qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus- tuzem maktablarida o‘qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o‘quvchilarning ona tilida olib borilardi.
    Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog‘langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko‘p diniy o‘quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o‘xshagan o‘quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo‘lgan
    Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi.
    O‘rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o‘rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o‘z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o‘qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang‘ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko‘proq o‘rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko‘proq jalb qilish edi.
    Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo‘ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volga bo‘yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o‘qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o‘qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ‘ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o‘laroq, islom dini ta’siri kuchli bo‘lgan Turkistonning mahalliy aholisi o‘rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o‘qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o‘qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o‘qitilar edi.
    Turkistonda dastlabki rus o‘rta o‘quv yurtlari 1870-yillardan ochila boshladi: 1876-yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin- qizlar gimnaziyalari. 1879-yili esa Toshkentda o‘qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O‘qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G‘3 o‘rin ajratilgan edi.
    Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida o‘quvchilarning 104 ini va undan ko‘prog‘ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin butun Turkiston o‘lkasi bo‘yicha hisoblaganda bunday maktablarda o‘quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko‘pi qozoq bolalari bo‘lib, o‘zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari
    «kofirlar» maktablariga qarshi targ‘ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o‘rta maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida o‘z ijtimoiy ahvoliga ko‘ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko‘pchilikni tashkil etar edi.
    Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo‘lsa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda o‘qishlari, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlikni tarbiyalar edi.
    Rus maktabiga o‘qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug‘ilar edi. SHuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o‘quvchi rus tilida so‘zlashishni o‘rganib olmaguncha odatda quyi bo‘limda o‘qir, rus tilida so‘zlashishni o‘rganib olgandan keyingina yuqori bo‘limga o‘tkazilardi. Yuqori bo‘limlarga o‘quv yilining o‘rtalarida ham o‘tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mashg‘ulotlar bir necha bo‘limlar bilan olib borilar edi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yilda Markaziy Osiyo tumanining general-gubernatori huzurida Turkiston o‘quv yurtlarining maxsus boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, avvalo, ruslashtirish

    Download 0,96 Mb.