• Maktabning ikkinchi bosqichi
  • Behbudiy maktabida
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet218/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Maxmudxo‘ja Behbudiyning «usuli jadid» maktabidagi o‘qitish ishlari quyidagi tartibda olib borilar edi: «Maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil muddati to‘rt yil. Birinchi yilida: forscha va arabcha yozuv hamda o‘qishni o‘rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o‘rgatilgan. Umuman bir yil davomida yozmoa o‘qimoqni o‘liq o‘rganganlar. Ikkinchi yilida: xaftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar, qasidalar o‘qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o‘rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi yilida: esa Kalomu SHarif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob tarix, jo‘g‘rofiya o‘qitilgan. Bu to‘rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimlarning o‘zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichga qoldirar, ularning o‘zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning o‘zi xohlasa Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo‘llanma berardi.
    Maktabning ikkinchi bosqichi – rushadiya bo‘lib, bunga to‘rt sinf – ibtidoiy qismni tamomlaganlar o‘tkazilar edi. Bu bosqichda o‘qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo‘g‘rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa’diyning «Guliston», turkiy tili o‘qitilgan; ikkinchi yil – arab tili, shifoxiya, tarix, islom axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil – arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix turkiy til, rus tili ham o‘qitilgan; to‘rtinchi yil – arab tili, rus qozixona xatlari, bo‘listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko‘pgina hayotiy darslar o‘qitilgan.
    Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantnali imtixonlar o‘tkazilib turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko‘proq targ‘ib qilish va uning o‘qish tartiblarini ko‘rsatish bo‘lsa; ikkinchidan: maktabni hayotiyroqilish, ya’ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi.
    Sakkiz sinf, ya’ni ikki bosqichni tamomlagan shogird arabcha, forscha va turkchada bemalol so‘zlab yozardi. Ruschani ham o‘qib, bemalol gaplasha olardi. Turkistonning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi etardi. Bu shogird maktabda muallimlik ham qila olar, tijorat bilan ham shug‘ullanar, hatto muharrirlik ham qo‘lidan kelardi.
    Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat yuborilib taklif etilardi. Lekin ko‘pchilik maktabning yutuqlarini ko‘ra olmaganidan kelmasdi. Behbudiy aytar ediki: «Kelib ko‘rsunlar, durust bo‘lsa, rivoj bersunlar, nodurust bo‘lsa, dalil ila isbot qilsunlar... maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa yo‘qdur».
    «Usuli jadid» maktabini yo‘lga qo‘yish oson kechmadi. Behbudiy va Shakuriy
    buning uchun barcha musulmon taraqqiy etgan shaharlaridagi maktablarini o‘rgandi. Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonning istiqboli uchun o‘z hovlisida ilm-ma’rifat o‘chog‘ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha- necha tayoqlar sindi. Shunga qaramasdan jafokash muallim «usuli jadid» maktabini qattiq turib himoya qildi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o‘tkazishganida jo‘g‘rofiya, tarix va hisob kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo‘ygan.
    Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o‘zi ham yuqori sinf talabalariga jo‘g‘rofiya va tarixdan saboq berar. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o‘quvchilariga hamda eng yaxshi o‘qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug‘ Turkiston uchun va uning kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun qilardi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   301




    Download 0,96 Mb.