• Mahmudxo‘ja Behbudiy «usuli jadid»
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet217/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    «Tarjimon» sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg‘or va yangi fikrlarni berish keng o‘rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G‘aspiralining birinchi tomonidan millatlar qarindoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Behbudiy o‘ziga G‘aspiralining tutgan yo‘lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdosh bo‘ldilar.
    Behbudiy «usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko‘p jihatlarini G‘aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o‘rgandi. Shular asosida Turkistonda «usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur pedagog Abdulqodir Shukuriyning yangi usuldagi maktabini o‘z hovlisiga ko‘chirib keldi.
    1918-yilda Samarqandda «Musulmon ishchi va dehqon sho‘rasi» tuzilganda Behbudiy maorif komissari etib tayinlanadi. Shunda u yangi maktablar tarmog‘ini yanada kengaytiradi. O‘quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarini rivojlantirib yuboradi.
    Mahmudxo‘ja Behbudiy «usuli jadid» maktablari uchun bir qancha darsliklar yozadi. «Muxtarasi tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»),
    «Madxali jo‘g‘rofiya umroniy» («Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish»), «Muxtarasi jo‘g‘rofi rusiy» («Rossiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi»), «Amaliyotchi islom» va hokazo kitoblari darslik sifatida o‘qitilgandi.
    «Usuli jadid» maktablarida hamma o‘qish huquqiga ega bo‘lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi maktablarni Biron ayb topib darhol bekittirib quyar edi. Chunki, podsho hukumati «begona xalq»ning qisman bo‘lsa ham ilm-ma’rifatli bo‘lishini, dunyoviy bilimlarni o‘rganishini istamasdi. Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar,
    eski maktabning domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari
    «islom diniga rahna soladi», «bu maktablarning muallimlari «kofir», deb tashviqot yuritar edilar. Bunday qarash va to‘siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning maslakdoshlari «usuli jadid» maktablarida Turkiston farzandlarini o‘qitish ishlarini jadal suratda olib borardilar.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   301




    Download 0,96 Mb.