|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 208/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiyadan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shayevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib Feruz quli ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelishi maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o‘qitish belgilanadi. Mashg‘ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o‘rganildi. Shuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.
«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning
«Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning «Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, SHermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, YOqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing «Devoni Xolis» to‘plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan.
Turkiston o‘lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma’murlari ming- minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko‘chirib keltiradi. Farg‘ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatdagi (shaharlar) mahalliy dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday hatti-harakatlaridan g‘azablangan atoqli shoir Cho‘lpon «Hazon» sarlavhali she’rida qahr ila yozgandi:
Ay, savuq ellardan muz kiyib kelganlar,
U qo‘pol tovushingiz qirlarda yo‘q bo‘lsun! Ey, manim bog‘imdan mevamni terganlar,
Qop-qora boshingiz yerlarga ko‘mulsun!
|
| |