• «Devoni Feruz
  • . «Maktab»
  • . Xonlik davrida asosiy darslar O’rta Osiyoda «xaftiyak», «CHor kitob»
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet199/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Muhammad Rahimxon Feruzning ta’lim va tarbiya borasidagi ishlari xususida to’xtaladigan bo’lsak, u o’z saroyida ham toshbosma tashkil etishi harakatiga tushib, Erondan Ibrohim Sulton nomli manbaachini saroyga ishga taklif etdi. U o’ziga mahalliy yoshlardan Otajon Abdalovni ishga taklif etdi.
    Feruz ko’rsatmasiga binoan 1880-yilda A.Naviyning «Xamsa» sidan «Hayrat
    –ul Abror» dostoni nashr etildi. 1879-yilda Munisning «Munis ul -ushshoq» devoni chop qilindi. Bu bosmaxona Feruz tamonidan barpo etilgan. O’rta Osiyodagi yagona manba edi. Feruzdan bizgacha «Devoni Feruz» kitobi yetib kelgan bo’lib, bu devon Hamid Suloymonov nomli qo’lyozmalar ilmgohida 1035 raqam, «G’azaliyoti Feruz» majmuasi esa A.R.Beruniy nomli Sharqshunoslik ilmgohida 7896 va 1569 raqamlar bilan saqlanmoqda. Shu bilan birga Feruz she’rlari Axmadjon Tabibiy, Muhammad Yusuf Harratov, Chorak, Komiljon Ismoilov – Devoniy, Bobojon Tarroh Azizov – Xodim va boshqa kitoblar tomonidan ko’chirilgan bayozlarda, inqilobgacha ko’chirilgan ba’zi qo’lyozma va toshbosma manbalarda uchraydi.
    Xonlik davrida bir qator o’sha davr uchun yangi hisoblangan yangi tizim maktablari tashkil topdi. O’sha davrda yangi maktablar qurilishi ortib borildi. Maktablarda o’qitish ishlari asosan arab tilida olib borilar edi. «Maktab» so’zi shu davrlarda keng tus olgan bo’lib uning ma’nosi arabcha so’z bo’lib «kitob yozish» degan ma’noni beradi. Madrasa so’zi esa «dars» degan ma’noni beradi.
    Dars degan so’z esa – o’qish demakdir. Maktablar, boshlang’ich maktablar hisoblanadi. Madrasaning o’zi o’rta va Oliy ta’lim manbasi hisoblanadi. Maktablarda o’g’il va qiz bolalar alohida, ayrim ta’lim olganlar. Keyinchalik ularni birga o’qitish imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday maktablar Qaraqalpag’iston va Turkmaniston hududlarida tashkil topgan. Shu davrning alfaviti o’ttiz ikki harfdan iborat bo’lib, ulardan yigirma sakkiztasi arab alfaviti, to’rttasi boshqa alfavitdir.
    Qoraqalpag’iston alfaviti faqat yigirma sakkiz arab harflaridan iborat bo’lgan. Buning asosiy mazmuni qoraqalpoqlarni arab istilosiga kam uchraganliklaridandir. Xonlik davrida asosiy darslar O’rta Osiyoda «xaftiyak», «CHor kitob», Ho’ja xofiz asarlari, Bedil, Fuzuliy, So’fi Ollayor asarlarini o’rganishdan iborat edi. Asta
    –sekinlik bilan xalq og’zaki ijodi ta’lim tizimiga kirib keladi. Shunday bo’lsa ham ta’limda ma’nosini tushunmasdan quruq yodlash uslubi asosiy o’rinni egallaydi. Jumladan, harlarni ko’chirib olish ulani bo’g’inlarga ajratish, arab so’zlarini ma’nosini tushunmasdan yodlash kabi uslublar asosida ta’lim jarayoni murakkablashib bordi. Ta’limning egallab borish qozoqlarda to’rtta bosqichlardan iborat. Qoraqalpoq maktablarida esa oltita bosqichdan iborat edi. Asosan harflarni o’rganishda arab haflaridagi tochka, ya’ni nuqtani yo’nalishi juda ko’p qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. CHunki nuqtaning joylashishiga qarab so’z mazmuni ham o’zgarib borar edi. Bunday yo’nalishi biroz qiyinchiliklar to’g’risida ta’lim olishga bo’lgan qiziqish, qiyinchiliklarni yengib borishga xalqni da’vat qilardi. Natijada maktablar tarmog’i ham yana kengaya bordi. Keyinchalik boshqa
    tillar, jumladan rus tili ham o’rganishga qaratilgan maktablar tashkil qilana boshladi. Bunday maktablar rus –tuzem maktablari deb atalib, darslar rus va o’zbek tillarida birgalikda olib borilar edi. YA’ni rus bolalari qatorida o’zbek bolalarni birgalikda ta’lim olar edi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   301




    Download 0,96 Mb.