|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 237/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning echimlari ko‘rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo‘lishi bizga o‘xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo‘ladi:
SAT(Sxolastik aptityud test);
AKT (Amerika kollej test) sinovlari.
SAT sinovlari murakkabroq bo‘ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo‘ladi.
Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati
har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.
Yuqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olgan baholarining o‘rtacha miqdori talabani universitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. Amerika kollejlari ikki yillik va to‘rt yillik bo‘ladi. Ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog‘onasidagi eng birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to‘rt yillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari kiradi.
|
| |