|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 236/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo‘lmaydi. O‘quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o‘ziga to‘q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o‘qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o‘qituvchilarga ega.
Bunday maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam bo‘ladi. Shaxsiy maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o‘qish-o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi. U o‘rganishi lozim bo‘lgan majburiy fanlar ro‘yxatini tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo‘lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha kimyoni o‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki engillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bo‘lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
|
| |