|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 244/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
Mehribonlik, yaxshilik, kamtarinlik, chiroyli nutq,
O. Avesto. Bengu, 1960, 18-bet.
a.S. “Shar? uy?onish davri pedagogik fikr tar Avtoreferati. Toshkent, 1998.
148[5] Nishonova.S. “Shar? uy?onish davri pedagogik fikr tar Avtoreferati. Toshkent, 1998.
333
do‘stona munosabat, mehmondo‘stlik, vatanparvarlik, kuchli iroda egasi bo‘lish va b.q.
Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning ahloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar.
Sharq uyg‘onish davri (IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1050), Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) (980- 1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani Ayni go‘daklik chog‘idanoq tarbiyalashni boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga tabiat va atrof-muhitning ta’siri, bolaga kattalar, ayniqsa ota-onaning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tabiatshunos- faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin Davoniy (1427-1502), Alisher Navoiy (1441-1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘z traktatlarida inson aqli-tafakkuri, uning qobiliyati, insonning yuqori ahloqiy xislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi ulug‘ alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari yuksak darajada insonparvarliligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda ham yagona eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi.
Inson o‘z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart – deb yozadi shoir.
Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning o‘zbek olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919), Munavvar Qori Abdurashidov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abduqodir shakuriy (1875-1943), Xamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin.
|
| |