|
Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar
|
bet | 241/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.
Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy tajribalarini o‘rganish va tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq o‘quv muassasida rivojlantirish bo‘yicha qiyoslashga yo‘naltirilgan dinamik pedagogik tizimdir. Qiyoslash texnologiyasi ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchisi «o‘rganish va qayd qilish», ikkinchisi «tuzish va tatbiq qilish» deb nomlanadi. «O‘rganish va qayd qilish» bo‘limida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va yo‘nalishlarini aniqlash;
ma’lumotlami to‘plash;
aktlarni tahlil va tasnif qilish;
qiyoslash mezonlarini tanlash.
«Tuzish va tadbiq qilish» bo‘limidagi qiyosiy tadqiqotlar esa quyidagicha» amalga oshiriladi:
o‘rganilayotgan obyektning prognostik modelini tuzish;
a) tatbiq qilish shakli, metodi va chegaralari; b) xususiy va umumiylikni aniqlash;
eng maqbul modelni tuzish;
ta’lim muassasalariga tatbiq etish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir. Zamon omili_bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar o‘rganiladi.Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlaming pedagogik tizimlarim taqqosiashni nazarda tutadi.
Quyida makon
omiliga ko‘ra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab ko‘ramiz. Masalan: Amerika modeli: kichik o‘rta maktab —> o‘rta maktab -katta o‘rta maktab
—> 2 yillik kollej —> universitet tizimidagi 4 yillik kollej —> magistratura
—> doktorantura.
145 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (2-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 286 b.
Fransiya modeli: onalar maktabi —>o‘rta maktab —> kollej —> texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi —> universitet —>magistratura —> doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab —> real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab —> oliy o‘quv yurti magistratura —> doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab —> grammatik va zamonaviy maktab -> kollej —> universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi —> to‘liq o‘rta maktab,gimnaziya va litsey-kollej —> institut, universitet, akademiya —>magistratura —> doktorantura.
Qozog‘iston modeli: to‘liq umumta’lim o‘rta maktab —> kollej —> universitet, akademiya (bakalavriat) —> magistratura —> doktorantura.
Demak, zamon va makon omillariga ko‘ra pedagogik tizimlar modelini taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi.
Uning mazmunida quyidagilar aks etadi:
ta’limning zamonaviy holatini qayd etish;
ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;
ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlami bashorat qilish;
qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.
XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib ko‘rsatildi:
ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi;
shaxsga ta’lim olish huquqining to‘liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi);
ma’lumot olishga ijiimoiy-iqtisodiy omillaming sezilarli ta’siri (pulli- shartnoma asosida tahsil olish);
xilma-xil qiziqish va o‘quvchilaming qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-tashkiliy tadbirlar ko‘lamining ortib borishi;
ta’lim xizmatlari bozorining o‘sishi;
oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi;
ta’limni boshqarish sohasida o‘ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg‘unligini ta’minlash;
rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy obyektga aylanishi;
ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modemizatsiyalash;
«o‘rtacha o‘zlashtirish»ga yo‘nalganlikdan, har bir o‘quvchining o‘ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi;
rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar ta’limi uchun qo‘shimcha resurslami izlab topish.
|
| |