|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 232/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi
lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi. O‘qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. SHu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o‘quvchilariga qo‘yilgan talab Fransiya da o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy — uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar.
SHu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari hisobiga malaka oshiriladi.
2000 yilda Fransiya maktablaridagi ahvol sinchiklab o‘rganilib, o‘quvchilarning ko‘pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Politsiyani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo‘yish yuklatiladi. O‘z farzandlarini maktabga yubormogan ota-onalarni esa sud hukmi bilan jazolanadi. Unda hatto qamoq jazosi ham belgilab qo‘yilgan. CHunki aynan darsga qatnashmay yurgan bolalar o‘rtasida narkomaniya va huquqbuzarlik kabi holatlar ko‘p uchraydi. Umuman Fransiya da ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bu yil juda katta mablag‘ ajratilgan.
|
| |