• LINGVA
  • TEMPUS
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet228/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Gomogenlar - matematika va gumanitar y o ‘nalishda ish olib borsa boiadigan o‘quvchilar.
    ERAZMUS - maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarining mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o‘qishga borishlari kerak).
    LINGVA - bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o‘rganish samaradorligini oshirishga moijallangan.
    EVRIKA - ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarini uyg‘unlashtirish.
    ESPRIT - yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa universitetlari, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha.
    EIPDAS - arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.
    TEMPUS - Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturi.
    IRIS - xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalar tizimi.


    1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.


    Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni «inson kapitali» sifatida e ’tirof etilislii, ma’lumot haqidagi diplomlaming dunyo bo‘ylab tan olinishi chet el tajribasini o ‘rganish jarayonini tezlashtiradi.
    1997-yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi)yangilandi. Unda yettita bosqich k o ‘rsatilgan. 0 - maktabgacha ta’lim; 1 - boshlang‘ich ta’lim; 2 - o ‘rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 - o ‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 — o ‘rta ta'limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 - oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 - oliy ta’limning ikkinchi bosqichi - oliy ta’limdankeyingi ta’lim. Jahon ta’lim tizimining ko‘p omilli ko‘rinishga egaligi meta oldi, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tiziminmg o ‘zaro aloqadorligi va o ‘zaro
    harakati belgilariga ko‘ra regionlami bir necha turga bo‘lish mumkin:
    Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G‘arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g ‘oyasi 1990-yillardan G‘arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilami ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion
    jarayonlaming generatori sifatida yangi Osiyo-Tinch okeani regioni ham shakllanmoqda. Unga
    Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlami kiritish mumkin.
    Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo‘lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o‘ choqlar zonasi sifatida AQSh va G ‘arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko‘rsatilmoqda. Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e ’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta boimagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika daviatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja - 4 yildan karn. Mazkur hududlarda aholining ko‘pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 min afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada - 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda - 2,4 yil, Gveniyada - 2,7 yil, Jibutida - 3,4 yil. X X asming oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko‘ra taiimning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og‘ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko‘rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab daviatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to‘rtta subregionni shakllantirisha mtilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag‘rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Sunya, Livan, Iordaniya), Fors ko‘rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo‘yi va Mavritaniya davlatlari.

    1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   301




    Download 0,96 Mb.