|
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi
|
bet | 229/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga fao!
tasir
etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e ’tirof qilingani haqiqatdir. Shu
tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, yaponlarda «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina b o iib qolmay, «u insonlami barkamollashtiradi», degan fikr ishonch va e ’tiqodga aylangan.
Ta iim to‘g ‘risida g ‘amxo‘rlik qilish taniqli siyosatchilaming ham hamisha diqqat e ’tiborida boigan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techchemi, Frantsiya Prezidenti F.Mitteranlami maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlami amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ulaming soni ikki mingdan ortiq. Frantsiya, AQSh, Yaponiyada taiim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar,
pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda xalqaro ta’lim institutimuvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchiligining faoliyati o ‘quvdasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan.XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada hamAQShdagi singari o ‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasikengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o ‘quv jadvalining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan o ‘quv fanlarini tanlab olish o ‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.«Yangi dunyo»ning pedagogik g‘oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.Germaniyada to‘liqsiz o ‘rta maktablarida asosiy o ‘quv fanlari bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet. Tillari kiritilgan o ‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o ‘quvdasturi tobora to‘liqsiz o ‘rta maktab doirasidan chiqib, o ‘rtamaktablar va gimnaziyalami ham qamrab olmoqda.Frantsiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili vaadabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya,aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi o‘quv fanlariga bo‘linadi.Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi y o ‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakato ‘quv dasturida bir qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o ‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui
ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan.Masalan, umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o ‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o ‘rganish ham kiritilgan.Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda XXasrning 60-80-yillarida tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika,ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astronomiya, geologiya,mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh vaFrantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil,
Germaniyada 2 yil
o ‘qitiladi. O`quv dasturlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo b o ‘la boshladi. Fransiyada XX asrning 70-80-yillarda to`liqsiz o ‘rta maktablar o’quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy-gumanitar kurslar kiritiladi.Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o ‘quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi: Fransiya maktablarida ularga 6 -1 0 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida
15 foiz o ‘quv soatlari ajratildi.Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan.
0 ‘quvchilarni tabaqalashtirib o ‘qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o ‘quvchilarini uch tabaqaga ajratib o ‘qitishni afzal ko‘radilar. Bular quyidagilar:
Gomogenlar - matematika va gumanitar y o ‘nalishda ish olib borsa bo`ladigan o‘quvchilar.
Yarirn gomogen - tabiiy turkumdagi fanlarni o ‘zlashtira olishga moyil o‘quvchilar.
Gegeron - barcha fanlarni har xil saviyada o ‘zlashtiradigan o‘quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim y o ‘nalish to’ldiruvchi ta`limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda.To`ldiruvchi maktablar paydo bo`lishining sababi AQSh va G‘arbiy Yevropada o ‘zlashtirishi past o ‘quvchilaming ko‘payib
borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.To`ldiruvchi ta`lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQShda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari ham safarbar etilgan. Milliy telekompaniya maxsus o ‘quv kanali orqali 130 soatlik o ‘quv ko‘rsatuvlari tashkil etiladi.O‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha chet el mamlakatlarining ko‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e ’tibor tobora ortib
bormoqda.Keyingi davrlarda o ‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar k o ‘plab topilmoqda. Ular o‘qishni
juda erta boshlab ta`lim kurslarini o ‘zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.Shunday iqtidorlar maktabi G‘arbda XX asrning 60-yillardayoq paydo bo‘lgan edi, Bunday maktablaming o ‘quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to`la ro‘yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan bo‘lib, ularda 4 -5 yoshli o ‘quvchilar maktab dasturida o ‘qitiladilar.AQShda «Merit» dasturi asosida har yili yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi.Ular o‘rtasida test sinovlari o`tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o ‘quvchi tanlab olinadi va o ‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar,stipendiyalar, yaxshi shart- sharoitga ega bo‘lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o‘quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora
tashvishlantirmoqda, bunday holning kelib chiqish sabablarini o ‘rganish, oldini olish bo‘yicha ko‘pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko‘rsatayotir.XX asrning 70-yillarida AQShda kelajak maktabi umummiiliyloyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o‘qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, ko‘proq o ‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash,mustaqil mashg‘ulot, o ‘qituvchi konsultatsiyasini o ‘z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirishsari y o ‘l tutilgan. Bunday o‘quvchilaming har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o‘quvchi mustaqil bajaradi, lo zim b o ‘lganda u o ‘qituvchidan konsultatsiya oladi.Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘zda tutilgan maqsadlar:
maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo‘nalishlarini kuchaytirish;
o ‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali y o ‘llarini qidirib topish;
tarbiyaning yangi shakllarda - o ‘quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o ‘yinlardan foydalanish;
maktab o ‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o ‘zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish;
maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish,kasbga y o ‘naltirish ishlarini qayta tashkil etish;
tabaqalashtirib o ‘qitishni y o ‘lga qo‘yish, maxsus o ‘quv muassasalarini (ham iqtidorli, ham aqliy, jismoniy zaif o ‘quvchilar uchun) rivojlantirish;
yangi, ya’ni o ‘quv texnik vositalarni ta’limdagi sanog‘ini oshirish, o ’qituvchilar uchun kompyuter ta’limini y o ‘lga ko‘yish;
pedagogik g ‘oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
|
| |