|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 231/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Tayyorlov bosqichi;
Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talablar qo‘yiladi.
1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o‘rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o‘quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. So‘ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o‘quvchilargina oliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar. Fransiya da talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi.
Birinchi turkum: umumiy bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi.
Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi.
Uchinchi turkum: o‘qish 1—2 yil davom etadi. Bu tsiklda:
biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil;
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom 1-yil;
uchinchi turkum doktorlik dissertatsiyasi 1—2 yil;
davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir sohani mukammal o‘rganib dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
|
| |