|
Maorif soxasidagi urushdan keyingi holatlar, tahlil
|
bet | 224/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Maorif soxasidagi urushdan keyingi holatlar, tahlil.
Tarixdan ma’lumki, sobiq Sovet davlati, xalqi o‘z boshidan kechirgan og‘ir davrlardan biri ikkinchi jahon urushi yillaridir. O‘sha davrda mamlakatimiz yoshlarini, xususan respublikamiz yoshlarini yuqori axloq ruhida, ayniqsa vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi.
1941- yil 22- iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush e’lon qilmay turib sobiq Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hamma xalqlarni Vatanni yakdillik bilan mudofaa qilish uchun otlantirdi. Sharqda mash’al — O‘zbekiston ham himoyaga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temir yo‘llarda, kolxoz, sovxoz va MTSlarda— hamma joyda “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun” degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar Vatan mudofaasiga, dushman ustidan g‘alaba qilishga safarbar etildi. Mudofaa fondi tuzish, tanklar, samolyotlar hamda boshqa jangovar texnikalar qurish uchun mablag‘ yig‘ishda umumxalq harakatining avj olishi xalqlarning vatanparvarligini yana bir bor isbot etdi.
Mamlakatlar mudofaa fondiga pul, qimmatbaho narsalar, davlat obligatsiyalari, xullas kimda nima bo‘lsa, hammasini topshirdilar. Urushning dastlabki kunlaridayoq birgina Toshkent shahrining o‘zida mudofaa fondiga 5,5 million so‘mdan ortiq pul yig‘ildi. Vatan uchun belgilangan shanbaliklar vatanparvalik ruhi ostida o‘tdi.
Dushman vaqtinchalik bosib olgan erlardagi anchagina zavodlar, fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar O‘zbekistonga ko‘chirildi. O‘zbekiston ularni joy, ishchi kuchi bilan ta’minladi. Buning ustiga frontdagi armiyani oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash asosan o‘zbek xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi etishmaganidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ib- terib olish ancha orqaga cho‘zilib ketmoqda edi. Sobiq SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 1942- yil 13- fevralda chiqargan "Urush yillarida mehnatga qobiliyatli bo‘lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va qurilishga jalb qilish to‘g‘risida"gi farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni birmuncha izga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o‘quv dasturlari sharoitga moslashtirildi.
Sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti 1943- yil iyul oyida bir qator yirik shaharlarda o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalarni alohida o‘qitishni joriy etdi. Masalan: O‘zbekistonda alohida o‘qitish 1943- yil sentabrdan boshlab Toshkent shahrida amalga oshirildi. 1- dekabrdan boshlab yana 4 ta yirik shaharlarda— Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Marg‘ilonda amalga oshirildi.
Urush yillarida harbiy- fizkultura darslari soati ko‘paydi. harbiy o‘qish 1- sinfdan boshlab o‘tila boshlandi, harbiy ta’lim faqat o‘g‘il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o‘rgatila boshlandi.
O‘quvchilar BGTO, GTO, VS normalarini juda yaxshi o‘zlashtirib, havo harbiy hujumiga qarshi kurashish malakalarini egalladilar.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, urushning dastlabki kunlaridan boshlab urushh ketayotgan joylardan O‘zbekistonga ko‘plab yosh bolalar va kattalar evakuatsiya qilingan edi. 1942- yilda evakuatsiya qilinganlar soni 716 mingga etdi. 1943- yilda O‘zbekiston hududida 154 ta bolalar uyi bor edi. Bolalar uyining
soni 1945- yilga kelib 242 taga, undagi tarbiyalanuvchilar soni esa 31.500 ga etdi. Urush davrida o‘qituvchilar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor berildi.
Chunki ko‘pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun Respublika bo‘yicha 1940—1941 o‘quv yilida 36267 nafar o‘qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketgan o‘qituvchilar o‘rnini to‘ldirish uchun qisqa muddatli o‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941-yildan 1943- yilgacha bu kurslarni 16 ming o‘qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohada ishlayotgan o‘qituvchilar ham maktabga qaytarildi.
|
| |